
Suriya banknotalaridan sobiq prezident Bashar Asad va uning oilasi tasvirlari olib tashlanadi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa yangi banknotlar dizaynini taqdim etgan. Ular 2024 yil dekabr oyida hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asad va uning oilasi aks etgan eski pullar o‘rnini egallaydi.
Avval 2000 Suriya funtlik banknotada Bashar Asadning, 1000 funtlik kupyurada esa uning otasi — Hofiz Asad portreti joylashtirilgan edi.
AFP xabariga ko‘ra, 10 funtdan 500 funtgacha bo‘lgan yangi banknotalar 1 yanvardan boshlab muomalaga chiqariladi. Yangi pullarda siyosiy shaxslar emas, balki milliy ramzlar — Damashq atirguli, bug‘doy boshoqlari, zaytun, apelsin va boshqa tasvirlar aks ettiriladi.
Rasmiylarga ko‘ra, bu qaror mamlakatda yangi siyosiy bosqichni boshlab berish, shuningdek, milliy birlik va yangilanish timsoli sifatida qabul qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.