date

Shahzoda Muhammedovani “Yolgʻon asirasi” qahramoniga aylantirishdi

Shahzoda Muhammedovani “Yolgʻon asirasi” qahramoniga aylantirishdi

Aktrisa Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videosi bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Unda u mashhur “Yolgʻon asirasi” seriali qahramoniga o‘xshash obrazda namoyon bo‘ldi.

Shahzoda video ostida qiziqarli izoh qoldirib, ushbu obraz bolalik xotiralari bilan bog‘liqligini ta’kidladi. Uning aytishicha, meksikalik aktrisa Gabriela Spanic — onasi bilan tengdosh bo‘lib, u ijro etgan “La Usurpadora” seriali Shahzodaning bolalikdagi eng sevimli filmlaridan biri bo‘lgan.

Aktrisa yana bir qiziqarli faktni ham ochiqladi: ikki yil avval Gabriela Spanic Instagram orqali Shahzodaga obuna bo‘lgan. Bu holat uni juda quvontirgan.

— O‘ylaymanki, o‘zbek aktrisasi ijrosidagi ushbu parodiya ularga ham yoqadi, — deya yozadi Shahzoda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Muhammedovani “Yolgʻon asirasi” qahramoniga aylantirishdi