date

Tramp oldida tanlov: Kiyev avantyurasi tinchlik umidlarini yo‘qqa chiqaradimi?

Tramp oldida tanlov: Kiyev avantyurasi tinchlik umidlarini yo‘qqa chiqaradimi?

So‘nggi kunlardagi voqealar AQSH prezidenti Donald Tramp boshlagan tinchlikka qaratilgan sa’y-harakatlar taqdiri yana savol ostida qolayotganini ko‘rsatmoqda. Kiyev tomoni odatdagidek Rossiya davlat rahbari qarorgohiga hujum uyushtirilganini inkor etmoqda, barcha ayblovlarni “asossiz da’vo” sifatida ko‘rsatishga urinyapti. Biroq gap tasodifiy holat yoki bitta adashgan dron haqida emas — 91 ta uchuvchisiz apparat ishtirokidagi muvofiqlashtirilgan hujum haqida ketmoqda. Rossiya tomoniga ko‘ra, ularning barchasi havo mudofaasi tomonidan yo‘q qilingan.

Albatta, Moskva qo‘lida dalillar borligini bildiryapti. Ammo bu dalillar G‘arbda kimgadir qiziqmi? Yevropa Ittifoqi rahbariyati, xususan, Ursula fon der Lyayen atrofida jamlangan siyosiy elita uchun Ukraina tomonining harakatlarini oqlash — deyarli avtomatik reaksiyaga aylangan. Qanday holat bo‘lishidan qat’i nazar, Kiyevning har qanday qadami “himoya” yoki “zarurat” sifatida talqin qilinadi.

Rossiya uchun esa vaziyat ancha aniq. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bayonotida ta’kidlanganidek, Moskva Ukraina tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin qarorgohiga uyushtirilgan hujum urinishi ortidan muzokaralardagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqadi. Bu esa Kiyevning ushbu harakati qanday strategik oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatadi.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, “bunday o‘ylamay qilingan harakatlar javobsiz qolmaydi”. Javob zarbalari uchun obyektlar va ularni amalga oshirish vaqti oldindan belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, Moskva AQSH bilan muloqot eshiklarini butunlay yopish niyatida emasligini ham alohida qayd etdi.

Trampning reaksiyasi

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilishicha, Tramp Putin bilan telefon suhbati chog‘ida mazkur hujum haqida eshitib, ochiqcha g‘azablangan. AQSH prezidenti keyinchalik buni o‘zi ham tasdiqladi: “Bu menga yoqmadi. Hozir bunday harakatlar uchun umuman vaqti emas”, — dedi u. Tramp, shuningdek, Kiyevning bunday qadamlari mojaroni hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarga hech qanday ijobiy hissa qo‘shmasligini ochiq aytdi.

Eng muhim savol shu: ushbu voqea Rossiya va AQSH o‘rtasida paydo bo‘lgan ehtimoliy “murosa muhiti”ni yo‘qqa chiqaradimi? Ko‘pchilik fikricha, yo‘q. Vladimir Putinni tanqid qiluvchilar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular ham Rossiya rahbari odatda aytgan so‘zida turadigan siyosatchi ekanini inkor eta olmaydi. Ana shu jihati bilan u, ko‘plar ta’biri bilan aytganda, vaqtni yutqazib qo‘ygan Kiyev rahbariyatidan tubdan farq qiladi.

Xulosa shuki, Kiyevning bu kabi tavakkal harakatlari Tramp boshlagan tinchlik yo‘lini jiddiy sinovdan o‘tkazmoqda. Endi navbat AQSH prezidentida — u voqealarga qay darajada qat’iy va xolis munosabat bildirishini vaqt ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp oldida tanlov: Kiyev avantyurasi tinchlik umidlarini yo‘qqa chiqaradimi?