date

Yangi yilning birinchi haftasida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi

Yangi yilning birinchi haftasida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi

O‘zgidromet 31 dekabrdan 7 yanvargacha bo‘lgan davr uchun ob-havo prognozini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Yangi yilning ilk haftasida respublika hududlarida havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim kunlari qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlarida 31 dekabr kechasi va ertalab ayrim joylarda yengil yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Keyingi kunlarda, 1–7-yanvar oralig‘ida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Kechalari harorat −8 darajagacha pasayishi, kunduzlari esa 0–8 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 31 dekabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1–2-yanvar kunlari havo quruq bo‘ladi, 3 yanvarda esa yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Keyingi kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 5–15 daraja iliq atrofida saqlanadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 31 dekabr ayrim hududlarda yomg‘ir bilan o‘tadi. 1–2 yanvar kunlari havo ochiq bo‘ladi, 3 yanvarda esa ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Hafta oxiriga kelib harorat kechalari −3 darajagacha, kunduzlari 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda Yangi yil haftasida havo nisbatan iliq bo‘lib, faqat ayrim kunlari yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 7–15 daraja iliqni tashkil etadi.

Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik deyarli kutilmaydi, faqat 1 va 3 yanvarda ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kunduzlari 3–10 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa 31 dekabr — 3 yanvar kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Keyingi kunlarda havo asosan quruq bo‘lib, kechalari 5–10 daraja sovuq kuzatiladi.

Mutaxassislar Yangi yil haftasida ayniqsa tuman va sirpanchiq yo‘llar kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlarda ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yilning birinchi haftasida O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi