Samsung SIli qurilmalar savdosini 800 milliontagacha oshirmoqchi

Samsung Electronics 2026 yilda Gemini sun’iy intellekt yordamchisi o‘rnatilgan 800 millionta mobil qurilma sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Reuters. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning o‘tgan yilgi natijasidan ikki barobar yuqori. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Google’ning Gemini texnologiyasi endi faqat flagman smartfonlar bilan cheklanmaydi — u Galaxy’ning o‘rta narx segmentidagi modellari uchun ham joriy etiladi. Natijada foydalanuvchilar generativ qidiruv, media kontentni yanada ilg‘or tahrirlash imkoniyatlari hamda yangilangan ovozli yordamchidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, Samsung Gemini’ni smartfonlardan tashqari maishiy texnika qatoriga ham integratsiya qilishni ko‘zlamoqda. Jumladan, Bespoke turkumidagi muzlatkichlarda ham ushbu yechim paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Gemini — Google DeepMind jamoasi ishlab chiqqan multimodal sun’iy intellekt modellari oilasi bo‘lib, u matn, tasvir, audio, video va kod bilan bir vaqtning o‘zida ishlay oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!