date

Xitoy va Janubiy Koreya prezidentlari bilan birgalikda tarixiy selfi

Xitoy va Janubiy Koreya prezidentlari bilan birgalikda tarixiy selfi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashdi va birgalikda selfiga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur surat Xitoy rahbari Janubiy Koreya prezidentiga sovg‘a qilgan Xiaomi smartfonida olingan. Bu jihat selfini yanada ramziy va e’tiborli qilgan.

Li Chje Myon ushbu kadrni X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ulashib, uni “esda qolarli lahza” deb ta’rifladi. Shuningdek, u ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga oid iliq fikrlarini ham bildirdi.

“Biz bir-birimizga qanchalik yaqinlashsak, Koreya–Xitoy munosabatlari shunchalik iliqlashadi. Kelgusida biz tez-tez muloqot qilamiz va yanada faol hamkorlik qilamiz”, — deb yozdi Janubiy Koreya prezidenti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy va Janubiy Koreya prezidentlari bilan birgalikda tarixiy selfi