date

Semenyo «Manchester Siti»ga yaqin: 65 mlnlik kelishuv deyarli ostonada...

Semenyo «Manchester Siti»ga yaqin: 65 mlnlik kelishuv deyarli ostonada...

«Bornmut»ning qanot hujumchisi Antuan Semenyo yaqin soatlarda katta transferga bir qadam qoldirmoqda. Sky Sports xabariga ko‘ra, ganalik 25 yoshli vinger 8 yanvar, payshanba kuni «Manchester Siti»ga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Avvalroq «shaharliklar» «olchalar» bilan muzokaralarda muhim nuqtaga kelib, futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 65 million funt sterling (taxminan 74,8 mln yevro) tovon pulini to‘lash borasida kelishuvga erishgani aytilgan edi. Endi barcha narsa rasmiylashuv va tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq — odatda shundan keyin imzo qo‘yiladi va transfer rasman e’lon qilinadi.

Kelishuv to‘liq amalga oshsa, Semenyo «Siti» safida yiliga 7,2 million yevro atrofida maosh olishi kutilmoqda. Bu esa uning karerasidagi eng katta bosqichlardan biri bo‘lishi mumkin: bir tomonda «Bornmut»da yetakchilardan biri sifatidagi roli, ikkinchi tomonda esa Gvardiola jamoasida yuqori raqobat va katta talablar.

Semenyoning bu mavsumgi raqamlari ham bejiz emas. U APL doirasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tezligi, yakkakurashlarda faolligi va hujumni keskinlashtira olishi uning asosiy "kozir"laridan sanalib, aynan shu sifatlar «Siti»ga yangi variant va yangi energiya berishini muxlislar ham qiziqish bilan kutyapti.

Qisqasi, agar tibbiy ko‘rikda hammasini «o‘tsa», «Etihad»da yana bir qiziq transfer tarixining yangi bobi ochilishi mumkin. Muxlislarga esa qoladigani — rasmiy xabarni kutish va Semenyoning «shaharliklar» safida qanday porlashini tasavvur qilib turish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semenyo «Manchester Siti»ga yaqin: 65 mlnlik kelishuv deyarli ostonada...