date

Bugungi futbol kechasi: "Manchester Siti", "Inter", "Barselona" maydonda

Bugungi futbol kechasi: "Manchester Siti", "Inter", "Barselona" maydonda

Bugun futbol muxlislari uchun haqiqiy “futbol-menyu” tayyor: Angliya Premer-ligasi va Italiya A Seriyasida navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Eng katta e’tibor, albatta, chempionlik poygasidagi “Manchester Siti”ning o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qilishiga qaratilgan — bu bahsda har bir ochko oltinga teng.

Apennin yarim orolida ham hayajon kam emas: “Inter” va “Napoli” navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi. Yana bir qiziq to‘qnashuv Ispaniya Superkubogi yarim finalida: “Barselona” — “Atletik Bilbao”. Qisqasi, bugun kechqurun pultni yo‘qotib qo‘ymang — topish qiyin bo‘ladi.

Quyida bugungi uchrashuvlar to‘liq ro‘yxati:

Ispaniya Superkubogi | Yarim final

00:00 “Barselona” — “Atletik Bilbao”

APL | 21-tur

00:30 “Bornmut” — “Tottenhem”

00:30 “Brentford” — “Sanderlend”

00:30 “Kristal Pelas” — “Aston Villa”

00:30 “Everton” — “Vulverxempton”

00:30 “Fulxem” — “Chelsi”

00:30 “Manchester Siti” — “Brayton”

01:15 “Byornli” — “Manchester Yunayted”

01:15 “Nyukasl” — “Lids”

A Seriya | 19-tur

22:30 “Bolonya” — “Atalanta”

22:30 “Napoli” — “Verona”

00:45 “Latsio” — “Fiorentina”

00:45 “Parma” — “Inter”

00:45 “Torino” — “Udineze”

Futbolga to‘yingan kecha bo‘ladi: kimdir chempionlik uchun jang qiladi, kimdir superkubok finaliga yo‘l izlaydi, kimdir esa “uch ochko olaylik-chi” deb qattiq turibdi. Yaxshi tomoshalar!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bugungi futbol kechasi: "Manchester Siti", "Inter", "Barselona" maydonda