Kompani Bavariyaning 8:1 gʻalabasini gʻayrioddiy deb atadi

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligada “Volfsgburg” ustidan 8:1 hisobidagi yirik gʻalabadan keyin jamoasi oʻyinini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Myunxenliklar tanaffusga 2:1 hisobida ustun chiqdi, ikkinchi boʻlimda esa raqib darvozasiga javobsiz olti gol urib, uchrashuv taqdirini butunlay hal qildi.
“Bu holat odatiy narsa emas, buni kundalikdek qabul qilmaslik kerak. Birinchi boʻlim oson kechmadi. Men aytgandim: ‘Volfsgburg’ hujumda kuchli, ularga gol urish uchun koʻp vaziyat ham shart emas. Shunga qaramay, raqib biroz charchagach, oldingi chiziqda yanada xavfliroq boʻlamiz degan ishonch bor edi. Yakunda shunday ham boʻldi.
Yigitlar hisob 5:1, 6:1, 7:1 boʻlib turgan paytda ham yugurishda, pressingda toʻxtamay, yana gol izlayotganini koʻryapmiz. Bu menga juda yoqadi. Faxrlanadigan jihatlarimiz bor, ammo albatta, yanada kuchayish mumkin”, — dedi Kompani DAZN bilan suhbatda.
16 turdan soʻng “Bavariya” Bundesliga jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!