Buddizm e’tiqodi bir necha asrlardan beri tinchlik dini, kishilarga sadoqat va mehr ulashib, xotirjamlikni tarannum etadi, deya ta’riflanadi. Unga e’tiqod qiluvchi dindorlar kishining o‘limidan so‘ng qayta tug‘ilish (reinkarnatsiya) yuz berishiga ishonadi. Marhum ruhi va idroki boshqa tanaga kirib jonlanadi. Agar bu rost bo‘lsa, Hitler, Stalin yoki Maoning ruhi Ashin Viratxuga ko‘chib o‘tgan. Negaki, u asrlar davomida insoniyatni yaxshilikka chorlagan din ta’limotini emas, terror va jirkanch g‘oya tashviqoti bilan shug‘ullandi deya yozadi Kun.uz nashri.
Los Angeles Time nashrining yozishicha, u o‘zini agent Jeyms Bondga o‘xshatgan. «Josus qanchalik yomonlik qilsa ham, millatining ravnaqi uchun kurashadi. Men esa rivojlanishimiz, e’tiqodimiz oldida katta xavf tug‘dirib turgan musulmonlarni yo‘q qilib yuborishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim», deydi u.
Hafta davomida eng katta qayg‘uli hodisalarni Myanmada kuzatar ekanmiz, uning bosh «me’mori»ni tanib olishga haqqingiz bor. O‘zining millatchilik ruhidagi targ‘ibotlari uchun monax 2001 yil 25 yil qamoq jazosiga mahkum etilgandi. Oradan 11 yil o‘tib Ashin ozodlikka chiqarildi, ammo bu safar hukumat va harbiylar orasida uning izmiga yuradiganlar ko‘plab topilgani tufayli turli internet platformalarida eski «qilig‘ini» boshlab yubordi. Natija «yomon emas»: oradan deyarli 7 yil o‘tib, yirik xurujlar yuz bermoqda.
Reuters bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan haftaning o‘zida musulmon diniga e’tiqod qilgan rohingyalarning 2600dan ortiq xonadoniga o‘t qo‘yildi.
Bu vaqt mobaynida esa 90 mingga yaqin rohingyalar o‘z uylarini tark etib, qo‘shni, aholisining ko‘pchiligi musulmonlardan tashkil topgan Bangladeshga qochib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Ziddiyatga nima sabab bo‘lganiga to‘xtalmoqchi emasman, ammo quvilgani yetmagandek, Myanma harbiylarining Rakxaynga kirib kelishi, shu 7 kun ichida 400 nafar musulmon joniga qasd qilishi, atrofdagilarni kuzatuvchi bo‘lib o‘tirishga undamaydi.
Agar joriy yilning 18 martida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Myanmadagi musulmonlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha rezolyutsiyaning Rossiya tomonidan to‘xtatib qo‘yilganiga e’tibor qilsak, qudratli davlatlarni bu tashvishga solmayotganini anglash mumkin. Qolaversa, inqiroz etnik va diniy kelib chiqishiga ko‘ra, kishilarni ajratish bilan boshlandi. BMT XKda na bir musulmon davlat doimiy a’zolikka ega, na mintaqada kuchli ta’sirga ega rohingya uyushmalari bor. Doimiy a’zo davlatlarning bori ham sobiq mustamlakachi yoki Islomga qarshi zimdan qarshi harakat olib borgan.
Bu o‘rinda Musulmon davlat birodarligidan bir narsa kutish naf beradimi? Menimcha, yo‘q. Ayniqsa arab-musulmonlaridan madad kutish ahmoqona ish bo‘lsa kerak.
Hozirga qadar faqat Turkiya moddiy yordam ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqdi. Agar mintaqada musulmon nochor aholi emas, noodatiy jinsiy qarashga ega kishilar qatliom qilinganida, AQSh qarab turarmidi? Fransiyachi? O‘ylaymanki, butun dunyo ayyuhanos solib, Myanmadagi vaziyatni yoritishga tushgan bo‘lar edilar. Lekin, hozir notanish va kam sonli aholidan tashkil topgan rohingya musulmonlari o‘lib ketyapti, xolos…
Alisher Ro‘zioxunov “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi