12:14 / 24.11.2018
7 122

Mutaxassislar Qirg‘izistondagi siyosiy vaziyatga baho berishdi

Mutaxassislar Qirg‘izistondagi siyosiy vaziyatga baho berishdi
“Nezavisimaya gazeta” jurnalisti Viktoriya Panfilova “Qirg‘izistonda barqarorlik yana tahdid ostida” nomli maqolasida bir qancha mutaxassislar bilan Qirg‘izistonda amaldagi va sobiq prezident o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy vaziyatning mamlakat taqdiriga ta’sirini tahlil qilgan. Turon24 maqolani tarjima qildi.

Prezident Jeenbekov siyosatchilarni ehtimoliy g‘alamislikdan ogohlantirdi.

Prezident Sooronbay Jeenbekov mamlakatdagi va erkinlikdagi sobiq vazirlar va parlament spikerlari bilan “Qirg‘izistonni qanday tartibga keltirish” mavzusidagi yopiq uchrashuv o‘tkazdi.

2007 va 2010 yillarda ikki marotaba bosh vazir lavozimini egallagan Almazbek Atambayev uchrashuvga taklif qilinmagan. “Aprel” telekanalida qilgan chiqishida u hozirgi davlat rahbarlarini tanqid qilgan va katta siyosatga qaytishini bildirgan.

Jeenbekov sobiq bosh vazirlar va spikerlarni o‘z tajribalaridan kelib chiqib mavjud xatolarni aytishga va ko‘rsatishga chaqirgan. Uchrashuvda 9 nafar sobiq vazir va 13 nafar sobiq spiker qatnashgan.

Sobiq bosh vazir Sapar Isoqov (2017) va sobiq spiker Omurbek Tekebayev (2005-2006) qamoqda saqlanmoqda. Jeenbekov kelajakda mamlakatga ham ichkaridan, ham tashqaridan bo‘ladigan tahdidlarga yuzlanadi. “Elitasi mamlakat rivojlanishi bo‘yicha yakdil bo‘lgan davlat muvaffaqiyatlarga erishgan. Hozir Qirg‘izistonda ijtimoiy-siyosiy kuchlar ishtirokida yechilishi lozim bo‘lgan juda ko‘p muammolar mavjud. Ishonamanki, sizlar mamlakatni birlashtiruvchi kuch bo‘lasizlar”, – dedi u mamlakat sobiq yetakchilari oldida.

Qirg‘izistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, Siyosat va taraqqiyot bo‘yicha xalqaro agentlik prezidenti Alibek Jekshenqulov bu to‘satdan uyushtirilgan uchrashuv emas, balki prezidentning jamoatchilik bilan ishlashidagi tizimli yondashuv ekanligini aytdi.

“Prezident oldinroq jurnalistlar, nodavlat tashkilotlar vakillari, oqsoqollar bilan uchrashdi. Mana, endi sobiq bosh vazirlar va spikerlarni yig‘di. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuvda iqtisodiyot, ichki va tashqi siyosat muammolari ko‘rib chiqilgan. Jeenbekov ularni konstruktiv hamkorlikka chaqirdi. Davlat rahbarida mavjud iqtisodiy va siyosiy muammolarning barchasini hal etishga istak bor. Biroq ma’lum cheklovlar bunga yo‘l qo‘ymaydi. Konstitutsiyaga ko‘ra, u o‘tmishdagi prezidentlar kabi keng huquqlarga ega emas. Biroq u hukumatga yordam berishga tayyor”, – dedi Alibek Jekshunqulov. Mutaxassisning aytishicha, “Jeenbekov o‘z vakolatlari doirasida hech qanday xatoga yo‘l qo‘ygani yo‘q”. U joriy yilning uchinchi kvartalida yalpi ichki mahsulotda katta bo‘lmagan o‘sish kuzatilganini ta’kidladi.

Qirg‘iziston prezidenti barcha sobiq amaldorlar mastlahatlashuvi uchun yiqqan uchrashuvning tantanali qismi mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning luqmalari bilan barbod bo‘ldi. Atamboyev o‘zining “Aprel” deb nomlangan telekanalidagi chiqishida amaldagi prezidentni tanqid qilmay, o‘ziga nisbatan bildirilayotgan ayblovlar va “korrupsiyaga qarshi kurash” bilan aloqador siyosiy vaziyatlarni tushuntirdi.

Saylov shtabining real xarajatlari haqidagi hujjatlarning haqiqiyligi tasdiqlangani amaldagi prezidentga og‘riqli bo‘ldi. Xarajatlar rasmiy tarzda e’lon qilinganidan 10 marotaba ko‘proq (2,3 mln AQSh dollari o‘rniga 24 mln AQSh dollari)ni tashkil etadi.

“Sooronboy Jeenbekov va Almazbek Atamboyev o‘rtasidagi nizoning sabablari ko‘p marotaba tilga olingan. Aynan saylov yilida 3 foiz reytingga ega bo‘lgan Jeenbekov Atamboyev sababli prezident bo‘lib saylandi. Ular o‘rtasida tuzilgan va e’lon qilinmagan bitimga ko‘ra, Atamboyevning o‘zi va unga “yaqin bo‘lgan doira” daxlsiz qolishi kerak. Shuningdek, bir qator moliyaviy mablag‘lar ham shular jumlasiga kiradi. Bu qonun nuqtai nazaridan surbetlik, ammo real hayotda oddiy hol”, – dedi Strategik baholar va bashoratlar markazi bosh direktori Igor Pankratenko.

Uning fikricha, Jeenbekov bilan birga hokimiyatga kelgan “yangilar”ning mansabdan boshlari aylanib qolishi va o‘zlarini tuta olmagani tufayli shunday muammo kelib chiqdi.

“O‘tmishdagi alamlar va kamsitilishlar uchun kechagi zo‘ravonlardan qasos olishga kirishib ketildi va “Atamboyev merosi”ni taqsimlash boshlandi. Hozir davlat yuqori lavozimlarida Atamboyevning biror-bir vorisi qolmadi. Ularning ko‘pchiligi korrupsiya bilan ayblanib, qamoqqa olingan, ba’zilari mamlakatni tark etgan. Shunday qilib, Atamboyevning Sotsial-demokratik partiyasi parchalanishga yuz tutdi: partiya a’zolarining bir qismi unga sodiq qolishgan bo‘lsa, boshqalari esa lavozim uchun amaldagi prezidentga sadoqat bildirishdi, – deya ta’kidladi mutaxassis. – Vaziyat yomon. Atamboyevning yangi prezidentga garchi o‘zi prezident bo‘lmasa-da, yetarlicha muammolar tug‘dirish uchun siyosiy ta’sirga egaligini ko‘rsatishdan boshqa chorasi qolmadi. Amaldagi komandada ham norozilar topiladi. Kelishuvga amal qilish kerak. Atamboyev mamlakatni tark etmoqchi emas va amaldagi hokimiyat egalarining faoliyatini ham muntazam kuzatib borish niyati yo‘q”.

O‘z navbatida, Sooronbay Jeenbekov hozircha Atamboyevning tanqidlariga javob berishga shoshilmayapti. Alikbek Jekshenqulov vaziyatni quyidagicha sharhlaydi: “Jimgina berilgan intervyu ortida ayyorlik yashirin. Atamboyev elitani bir-biriga gijgijlamoqda, aholini hokimiyatga qarshi qo‘ymoqda, shimol va janub o‘rtasida tarqoqlikni keltirib chiqarmoqda. U jamiyatni barbod qiluvchi virusni tarqatmoqda. Hokimiyat qattiqqo‘llik bilan bo‘lsa-da, barqarorlikni, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash uchun samarali choralarni ko‘rishi kerak. Deputatlar sobiq prezidentni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish jarayonini boshlab yubordi. Biroq bu yarim yo‘lda to‘xtab qoldi. Jarayonni oxiriga yetkazish uchun deputatlar siyosiy iroda ko‘rsatishi kerak”.
Viktoriya Panfilova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mutaxassislar Qirg‘izistondagi siyosiy vaziyatga baho berishdi