09:33 / 21.06.2020
2 150

Belarus prezidentligiga da’vogar Babarikoga ayblov e’lon qilindi

Belarus prezidentligiga da’vogar Babarikoga ayblov e’lon qilindi
Viktor Babariko / Foto: belgazprombank
Belarus prezidentligiga da’vogarlik qilayotgan Viktor Babarikoga nisbatan Belgazprombank ishi doirasida ayblov e’lon qilindi. Bu haqda siyosatchining advokati Dmitriy Layevskiy ma’lum qildi.

"Bugun Viktor Dmitriyevich bilan uchrashdik, unga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Qaysi modda bilan ekanligini aytishim mumkin emas. Viktor Dmitriyevich o‘z huquqi, qarashlari va pok nomini himoya qilish niyatida", — dedi Layevskiy.

U shuningdek, himoya tomoni Babarikoning hibsga olinishi ustidan shikoyat qilganligi, ammo hozircha bu bo‘yicha sud bo‘lib o‘tmaganligini aytdi.
Layevskiy siyosatchining o‘g‘li Eduard bilan boshqa ikki advokat uchrashganini ma’lum qildi.
"Hozircha batafsil ma’lumotga ega emasman, lekin Eduard ham sog‘-salomat ekanligini bilaman", — deb qo‘shib qo‘ydi advokat.

Avvalroq Belarus teleyangiliklar agentligining Telegram-kanali Babariko va o‘g‘li davlat nazorati qo‘mitasining moliyaviy surishtiruv departamentiga olib ketilgani to‘g‘risida xabar qilgandi.

Babariko ilgari Belgazprombankni boshqargan. U lavozimini tark etib, prezidentlik saylovida ishtirok etishini e’lon qilganidan so‘ng oradan bir oy o‘tgach, bankda tintuvlar o‘tkazildi va bir nechta hisbga olishlar amalga oshirildi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidentligiga da’vogar Babarikoga ayblov e’lon qilindi