08:30 / 20.12.2020
3 426

O‘g‘irlanib qayta topilmagan futbol bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kubogi

O‘g‘irlanib qayta topilmagan futbol bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kubogi
Foto: Google Photos
1983 yil 19 dekabrdan 20 dekabrga o‘tar kechasi Rio-de-Janeyroda Jyul Rimet mukofoti, Jahon chempionati g‘olibining kubogi (1970 yilgacha) o‘g‘irlandi. Kubok maxsus po‘latdan va old tomoni o‘q o‘tmas shishadan yasalgan maxsus shkafchadan chiqarib o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘rilar topilgan bo‘lsa-da, kubok joyiga qaytarilmadi. Sport olamida dahshatli shov-shuvga sababchi bo‘lgan ushbu hodisa tafsilotlari haqida gaplashamiz.

1930 yilda parijlik zargar Abel Lefler Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Jyul Rimetning buyrug‘i bilan Jahon kubogi g‘oliblariga berilishi kerak bo‘lgan kubokni tayyorladi. Kubok qadimgi yunonlarning g‘alaba ma’budasi Nika haykali bo‘lib, qo‘lida qadah ko‘tarib turgan edi. Sovrin sof oltindan quyilgan va vazni 1 kg 800 g (oniks poydevori bilan 4 kg) ni tashkil etardi.

«Oltin ma’buda»
Jyul Rimet FIFAning uchinchi prezidenti bo‘lgan va aynan u dunyo bo‘ylab birinchi futbol musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida bitim imzolagan edi. Bir yil o‘tgach, kubok allaqachon o‘z egasini topdi – Urugvay jamoasi birinchi g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi oxirida mukofotga Rim nomi berildi.

1930 yilgi Jahon kubogida yaratilgan va «G‘alaba» deb nomlangan Jyul Rimet mukofoti, ma’buda Nikani uzatilgan qo‘llarida sakkiz burchakli qadahni ushlab turgani tasvirlandi. Qimmatbaho mukofot fransuz haykaltaroshi Abel Lefler tomonidan amalga oshirildi.

Oltin va kumush kubokning bo‘yi 30 santimetr balandlikda edi. Ma’buda figurasi 1,8 kilogramm va lapis lazulidan yasalgan taglik bilan birga, kubok og‘irligi 3,8 kilogrammni tashkil etardi. Shaklning to‘rtta asosiga quyma oltin plitalar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga 1930–1970 yillardagi jahon chempionlari: Urugvay, Italiya, Germaniya, Angliya va Braziliya nomlari o‘yib yozilgan edi.

1970 yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi chempionat yakunida Braziliya terma jamoasi ketma-ket g‘oliblik sovrinini uchinchi bor qo‘lga kiritdi, shundan so‘ng o‘sha paytdagi amaldagi qoidalarga ko‘ra kubok g‘oliblar bilan abadiy qoldi.

O‘g‘rilik tafsilotlari
«Oltin ma’buda»ning taqdiri avval ham bir necha bor o‘g‘rilikni boshidan kechirgan edi. O‘zining tarixi davomida mukofot uch marta o‘g‘irlangan: 1938, 66 va 70 yillarda.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganda Chempionat kubogini amaldagi 1938 yilgi jahon chempionlari – italiyaliklar saqlab qoldi. O‘sha paytda Italiya futbol federatsiyasining prezidenti bo‘lgan Ottorino Barassi mukofot natsistlarga nasib qilishi mumkinligi sababli kubokni o‘g‘irlashga qaror qildi. Barassi Oltin ma’buda ayolni bankdagi kassadan olib chiqib, o‘zining yotoqxonasidagi karavoti ostidagi poyabzal qutisiga yashirdi. Biroq bu o‘g‘rilik bir muncha ijobiy yakunlandi. 1950 yilda Jyul Rimet kubogi yangi chempion – Urugvay terma jamoasiga topshirildi.

Foto: Google Photos
Ikkinchi o‘g‘rilik 1966 yil 20 martda Buyuk Britaniyada, Jahon chempionatidan uch oy oldin sodir bo‘ldi. Keyin kubok Vestminster abbatligiga tutash zalda namoyish etildi. Mukofot kecha-kunduz qo‘riqlandi, shunga qaramay, o‘g‘ri bino ichiga kirib, Jahon kubogini o‘g‘irladi. Bundan tashqari, kubok o‘g‘risi keyinchalik 15 ming funt miqdorida to‘lovni talab qildi.

Sharmandalikka yo‘l qo‘ymaslik uchun mezbon davlat mukofotning dublikatini tayyorladi, ammo bu o‘g‘rilikni yashira olmadi. Chempionat boshlanishidan sal oldin Devid Korbett ismli kishi Londonning janubida iti bilan yurgan edi. Piklz ismli it butalar orasidan bir g‘alati buyumni topdi, uni sinchkovlik bilan tekshirganda xuddi o‘sha «Oltin ma’buda» bo‘lib chiqdi. Korbett futbol muxlisi sifatida kubokni tashkilotchilarga qaytarib berdi, buning uchun erkak ham, it ham mukofot oldi. Ko‘p yillar o‘tgach, o‘sha yasalgan shoshilinch nusxasi ham kimoshdi savdosida sotildi. FIFA uni 254 ming funtdan ortiq narxga sotib oldi.

Uchinchi o‘g‘rilik Rioda sodir bo‘ldi. O‘shanda Braziliya uchinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritib, kubokni o‘z qo‘lida abadiy saqlash huquqini qo‘lga kiritdi. Kubok Braziliya futbol konfederatsiyasining qarorgohidan o‘g‘irlab ketildi. Kechasi milliy g‘alaba kubogini atigi bitta qorovul qo‘riqlar edi. O‘sha qorovulni 1983 yil 20 dekabrga o‘tar kechasi Kubok o‘g‘rilari ishlarini amalga oshirgach, voqea joyida qo‘l-oyoqlarini bog‘lashgach, barcha xonalarga kalitlarni qo‘lga kiritdi. O‘g‘rilar Xulita Koutinoning prezidentlik ofisiga kirib, devorga o‘q o‘tkazmaydigan maxsus metall bilan mahkamlangan ulkan seyfni buzib, ichidagi Kubokni o‘g‘irlaydi. Shunday qilib, Jyul Rimet kubogi abadiy yo‘q bo‘lib ketdi.

Yangi kubok
Yangi va taniqli futbol kubogi 1974 yilgi futbol chempionati uchun qilingan edi. Kubok yaratishga tayyorgarlik ikki yil oldin boshlandi. Bu safar Xalqaro futbol federatsiyasi chempionlik sovrinini yaratish uchun musobaqa o‘tkazishga qaror qildi. Shunday qilib, 53 kompaniya bebaho sovrinning muallifi bo‘lish huquqi uchun tanlovda qatnashdi. Qur’a g‘olibi o‘sha paytda Bertoni badiiy rahbari bo‘lgan Silvio Gazzaniga ismli haykaltaroshga nasib qildi.

Taqdim etilgan Kubok Yerni ushlab turgan ikkita inson qiyofasida. Bo‘yi 36 santimetr bo‘lgan kubokning o‘zi tagiga malaxitdan yasalgan stendga qo‘yilgan. Hammasi bo‘lib Kubok 6 018 grammni tashkil etdi, uning besh kilogrammi sof oltindan iborat.

2006 yilgacha kubok g‘olib bo‘lgan mamlakatlarga topshirildi. Bugun chempionatlarda g‘olib uchrashuvdan so‘ng darhol sovrinni oladi va marosimdan so‘ng FIFAning shtab-kvartirasi joylashgan Syurixga qaytadi. Shu bilan birga, Bertoni g‘olib jamoa uchun kuboklarning oltin bilan qoplangan nusxalarini tayyorlamoqda. Bertoni zargarlari ham asl nusxasidan farq qilmasligini sinchiklab tekshiradi va ishonch hosil qiladi. 2006 yilda asl nusxasi butun dunyo bo‘ylab sayohatni boshladi.

Foto: Google Photos
Kubok muallifi taqdiri
UYEFA Yevropa Ligasi, UYEFA Superkubogi va Jahon kubogi dizayneri va yaratuvchisi Silvio Gazzaniga 95 yoshida 2016 yil noyabrda ona shahri Milanda vafot etdi. Gazzaniga Bertoni ustaxonasida futbol kuboklarini loyihalash bo‘yicha olib borgan ishlari millionlab odamlarni ilhomlantirdi va futbolga bo‘lgan muhabbatni oshirdi.

Abdulazizxon Akramov tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘g‘irlanib qayta topilmagan futbol bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kubogi