
AQSHning Emori universiteti olimlari tomonidan boshqa xorijiy ilmiy muassasalardagi hamkasblari ko‘magida koronavirusning keyingi o‘n yil davomidagi rivojlanish modeli yaratildi.
Mutaxassislar barcha ma’lum bo‘lgan koronaviruslarni, shuningdek, COVID-19ni o‘rganish bo‘yicha ilmiy maqolalardagi ma’lumotlarni tahlil qildilar. Amerikalik olimlarning fikriga ko‘ra, kelgusi yillarda infeksiyaning yangi turi keskin o‘zgarishlarga uchraydi.
Uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar COVID-19 ni faqat yengil shaklda o‘tkazadilar, so‘ngra ularning organizmida kasallikka qarshi antitanalar hosil bo‘ladi. Qayta infeksiyani oldini olish imkonsiz bo‘ladi, ammo kasallik oddiy shamollashdan ham xavfli bo‘lmay qolib, o‘lim darajasi 0,1% dan oshmaydi.
Shu bilan birga, koronavirusni erta yoshda tabiiy yuqtirish odamni keksalikka qadar immunitet bilan ta’minlaydi, deydi olimlar. COVID-19da o‘pkaning ishtirok etishi oddiy pnevmoniyadan farq qiladi. Aholini ommaviy emlashni ta’minlash orqali infeksiya tarqalishining oldini olish mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing