
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon o‘z oylik maoshini mamlakatdagi maktablar qurilishi uchun xayriya qildi. Bu haqda Maktablarni ta’mirlash, rivojlantirish va jihozlash milliy tashkiloti rahbari Rizo Xonmuhammadiy ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident 30-oktyabr kuni qurilish sohasi va donorlar bilan uchrashuvda ishtirok etib, shaxsan mablag‘ ajratishini va’da qilgan. Bir kun o‘tgach, 1-noyabr kuni u rasman o‘z maoshini “Maktab qur” milliy kampaniyasi hisobiga o‘tkazgan.
Mas’ud Pezeshkiyon 2024-yil iyul oyida prezident etib saylangan. U siyosatga kirishishidan oldin kardiojarroh bo‘lib ishlagan va Tebriz tibbiyot universitetini boshqargan.
Eronda kuzda boshlangan “Maktab qur” dasturi fuqarolarni ta’lim muassasalari qurilishi va ta’mirida ishtirok etishga chaqirmoqda. Prezidentning bunday tashabbusi jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilinib, ko‘pchilik uni namunaviy qadam sifatida baholadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!