date

Iroq benzin va dizel importini bekor qildi: yangi bosqich boshlandi

Iroq benzin va dizel importini bekor qildi: yangi bosqich boshlandi

Iroq hukumati 4-noyabr kuni mamlakat tarixida muhim qaror qabul qildi — endi davlat benzin, dizel yoki kerosin import qilmaydi. Bu haqda Al Arabiya nashri ma’lum qildi.

Bosh vazir Muhammad Shiyo as Sudani imzolagan hujjatga ko‘ra, mamlakat endilikda yonilg‘ini to‘liq ichki ishlab chiqarish hisobiga ta’minlay oladi. Bu nafaqat iqtisodiy jihatdan muhim burilish, balki Iroqning energetika sohasidagi mustaqilligi sari tashlangan qadam sifatida baholanmoqda.

Neft vaziri bayonotida ta’kidlanishicha, ichki zavod va qayta ishlash majmualari ishlab chiqarishni keskin oshirgan. Endi Iroq nafaqat benzin va dizel bo‘yicha o‘z ehtiyojini qoplayapti, balki ortiqcha hajmni ham eksportga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu qaror Iroq neft sohasining jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, mamlakat xalqaro energetika bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Ma’lumot uchun, Iroq OPEK tashkilotiga a’zo bo‘lgan yirik ishlab chiqaruvchi davlatlardan biri hisoblanadi. U kuniga o‘rtacha 3,6 million barrel neft eksport qilmoqda.

Davlat neft marketingi kompaniyasi SOMO ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning so‘nggi choragida Iroq tashqi bozorlarga 4,4 million tonnadan ortiq neft mahsulotlarini sotgan. Ulardan qariyb 4,2 million tonnasi mazutga to‘g‘ri kelgan — bu esa 2023-yilning shu davriga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichdir.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, oktyabr oyidagi eksport o‘sishi ichki bozorda talabning kamayishi va ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan izohlanadi. Asosiy xaridorlar orasida Hindiston va Singapur yetakchi o‘rinni egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroq benzin va dizel importini bekor qildi: yangi bosqich boshlandi