Fotokollaj: Kun.uz
Hayotda har bir odamning o‘z hikoyasi bor. Hamma ham kimligi, qayerda tug‘ilgani, bugungi kunga yetib kelguncha nimalarni boshdan o‘tkazgani haqida istagancha aytib berish mumkin. Lekin ba’zilarning hikoyalari boshqalarnikidan ham qiziqroq bo‘ladi va ajralib turadi. Quyida shunday insonlardan birining qiziqarli hayot yo‘li haqida haqida hikoya qilinadi.
Tete Mishel Kpomassi – eskimoslar yashaydigan Grenlandiyadek sovuq o‘lkaga sayohat qilgan birinchi afrikalik odam.
Tete Mishel Kpomassi
Grenlandiya – dunyoning eng sovuq o‘lkalaridan biri va odatda, bu yerda harorat minusdan past bo‘ladi.
Grenlandiya
Foto: Getty Images
Tetening vatani bo‘lmish Togoda esa havo – buning teskarisi, doimiy issiq.
«Afrikadan qochish»
Kpomassi 1941 yilda Togoda tug‘ilgan va bor-yo‘g‘i 6 yillik maktab ta’limini ko‘rgan, xolos. Uning otasi ular yashaydigan an’anaviy jamiyatga tegishli qishloqdagi taniqli shaxslardan biri, uning 26 nafar farzandi bor edi.
Kpomassi yoshligida yong‘oq daraxtiga chiqib, zaharli ilondan qattiq qo‘rqib yiqilib tushadi. Qo‘rquvdan keyin paydo bo‘lgan boladagi holatdan xalos qilish uchun otasi uni ilonlarga bog‘liq e’tiqodga sig‘inuvchi mahalliy ruhoniyga olib boradi. Bolani davolagan ruhoniy Kpomassi 7 yil junglida ilonlar orasida yashashi kerakligini shart qilib qo‘yadi.
Tuzalgan va jungliga, ilonlar orasiga yuborilishini kutib xavotirda yurgan bola Robert Gessian yozgan «Grenlandiyadan Alyaskagacha bo‘lgan hududlardagi eskimoslar» kitobini o‘qib qoladi. Kitobdan Grenlandiyada ilonlar ham, ular yashirinishi mumkin bo‘lgan daraxtlar ham yo‘qligini bilib oladi va bu o‘lkaga muhabbat qo‘yadi. Shundan so‘ng u o‘z uyidan qochib ketadi, xayolini esa qanday qilib Grenlandiyaga yetib olish mumkinligi haqidagi g‘oya band qilgandi.
12 yillik sayohati davomida Kpomassi Afrika g‘arbidan Yevropagacha bo‘lgan yo‘llarni bosib o‘tadi va nihoyat, 1960-yillar o‘rtalarida Grenlandiyaga boradigan kemani topadi. Shunday qilib, Kpomassi shimoldagi sovuq o‘lkaga kelgan ilk afrikalik bo‘ladi. O‘shanda u 24 yoshda edi.
Foto: Getty Images
Qora tanli odam ko‘rmagan mahalliy aholi
Tete Mishel Kpomassi ayni paytda 80 yoshda. U Grenlandiyaga ilk marta borgani haqida shunday eslaydi: «Bizni Grenlandiyaga olib kelgan kemani mahalliy aholi bo‘g‘ozda kutib turgandi. Sababi, kema ular qish bo‘yi muhtoj bo‘ladigan mahsulotlar bilan to‘la edi. Biroq aholi o‘zlarini undan ham o‘zgacha syurpriz kutib turganini bilmagan bo‘lsa kerak.
Foto: Getty Images
Kemadan tushishdan oldin biroz kutib turdim. Sababi, ularda meni ko‘rgach paydo bo‘ladigan reaksiya noma’lum edi, bu yerlik aholi oldin qora tanli odamlarni ko‘rmagan bo‘lsa kerak, deb taxmin qilayotgandim. Shunday bo‘lib chiqdi: kemadan tushganimda hamma menga qarab qoldi: ular haqiqiy odam ekanimni yoki niqob taqib olganimni bilishmayotgandi. Bolalar onalarining orqasiga bekinib oldi. Ba’zilar meni tog‘dan tushgan ruh deb o‘ylab, yig‘lab yubordi. Nihoyat, bir ayol mening odam ekanimni anglab, "kelishgan ekan", deb baqirdi».
Issiq va sovuq o‘lkalardagi farqlar
Albatta, Kpomassi kelgan Afrikada harorat arktik iqlimdan katta farq qilardi. U bundan tashqari ikki hudud o‘rtasidagi jiddiy madaniy farqlarni ham anglaydi. O‘zi o‘sgan Togodagi ziravorli, qaynatilgan ovqatlar va bu yerda okeandan ovlanib xomligicha ham iste’mol qilinadigan baliqlarning farqi bor edi.
Foto: Getty Images
Bundan tashqari, u Togoda bolalarni kattalarga bo‘ysunuvchan qilib tarbiyalashsa, Grenlandiyada kattalar yoshlarning gapiga quloq solishini ko‘radi. Afrikalik sayohatchi keyinchalik bularning barchasi haqida «Grenlandiyadagi afrikalik» degan kitob yozadi. Bu sarguzasht asar 10ta tilga tarjima qilingan.
Haqiqiy Grenlandiya
Kpomassi, o‘z navbatida, Grenlandiya va Togoning o‘xshashliklariga ham duch keladi. Uning aytishicha, Togoni u yerdagi hayot Fransiya koloniyasi ta’sirida ekani uchun ham tashlab kelgan. Biroq Grenlandiya ham undan farqli emasdi. Bu yer ham allaqachon koloniyalashtirilgan hudud, Yevropa ta’sirida edi. Shuning uchun ham u hududning to‘la o‘ziga xosligini, iglu uylari (qorni presslab tayyorlanadigan uychalar) va ovchilarni izlab eng shimoliy hududlargacha boradi.
«Grenlandiyada birinchi qor yog‘ishini ko‘rganingda haqiqiy Grenlandiyani his qilishing mumkin. Havo harorati keskin pasayadi, suv muzlaydi va grenlandiyaliklar mamlakatning haqiqiy qirollariga aylanishadi. Begonalar hududni tark etadi, keksa donishmandlik g‘alaba qozonadi. Men eng ko‘p yoqtirgan erkinlik mana shu edi», deb xotirlaydi Kpomassi.
Afrikaga qaytish
Sayohatlar davomida tillar o‘rgangan, o‘zini tarbiyalagan, yangi joylarni ko‘rgan Kpomassi Grenlandiyada18 oy bo‘lib Togoga qaytadi. Bu paytda u xorij tillarini biladigan sayohatchi edi. Keyinroq Kpomassi o‘z taassurotlari haqida Afrika, Yevropada leksiyalar qiladi.
O‘zi esa Parijda yashab, oila quradi, lekin orada Grenlandiyaga borib kelib turadi.
Kpomassi hozir ham Fransiyada yashaydi. Grenlandiyaga oxirgi sayohati 2021 yil sentabr oyida bo‘lgan. U Afrikada o‘tgan bolaligi haqida ikkinchi kitobini yozishni niyat qilgan.
Zilola G‘aybullayeva tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi