date

Tramp va Kim Chen In quroldan xoli zonada uchrashishi mumkin

Tramp va Kim Chen In quroldan xoli zonada uchrashishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi quroldan xoli zonada uchrashishi mumkin. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei Asia jurnali xabar berdi.

Trampning Osiyo mamlakatlari, jumladan Malayziya, Yaponiya va Janubiy Koreyaga tashrifi davomida qator uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda. U Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan Rossiya neftini xarid qilish masalasini muhokama qiladi. Shuningdek, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti sammitida XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Yaponiyaning yangi saylanadigan bosh vaziri bilan ham uchrashuvi kutilmoqda. Yonhap agentligi xabar berishicha, AQSH prezidenti KXDR yetakchisi bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar olib borishga tayyor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Kim Chen In quroldan xoli zonada uchrashishi mumkin