date

"Barselona" himoyachisi PSJ ning ustunligini ochiq tan oldi

"Barselona" himoyachisi PSJ ning ustunligini ochiq tan oldi

Luis Enrike boshchiligidagi “PSJ” Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi keskin to‘qnashuvda o‘z sobiq jamoasi “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Parij klubi o‘z maydonida kuchli o‘yin namoyish etib, turning eng katta voqealaridan biriga aylandi.
Uchrashuvdan so‘ng kataloniyaliklar himoyachisi Jyul Kunde BBC vakillari bilan suhbatda jamoaning imkoniyatlari yetishmaganini va raqibning ustunligini ochiq tan oldi.
“PSJ bizdan jismoniy jihatdan kuchliroq edi. Biz rejalashtirganimizdek doimiy bosim o‘tkaza olmadik. Menimcha, shu jihatda kamchilikka yo‘l qo‘ydik. Bir narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman: raqib juda yuqori saviyada o‘ynadi. Biz albatta natijadan xafamiz, ammo hayron qolmadik. Chunki ularning darajasi yuqori ekanini oldindan ham bilamiz. “PSJ” o‘z kuchiga ishonadigan, individual mahorat darajasi yuqori futbolchilarga ega. Ular Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lishga haqli jamoa ekanini yana bir bor namoyish qildi. Bu juda og‘ir bahs bo‘ldi, lekin ular bizdan yaxshiroq harakat qilishdi”, — dedi fransuz himoyachi.
Ma’lumot uchun, Hansi Flik shogirdlari 2-turdan so‘ng 3 ochko bilan jadvalda 16-o‘rinni egallab turibdi. Endi “Barselona” uchun keyingi turdagi bellashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. PSJ esa g‘alabadan keyin o‘zining yuqori maqsadlari yo‘lida muhim qadam tashladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" himoyachisi PSJ ning ustunligini ochiq tan oldi