O‘zgidrometning ma’lumotiga ko‘ra, 3-oktyabr kuni mamlakat bo‘yicha havo turlicha bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo odatdagidek biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir ko‘zda tutilmagan. Shamol sharq yo‘nalishidan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi esa 20-22 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo kam bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oddiy bulutli, yomg‘ir ehtimoli past. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar paydo bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, Navoiy shimolida esa kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda havo ozgina bulutli, yomg‘ir kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli, yomg‘ir ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, harorat kechasi 10-12, kunduzi 22-27 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘onada havo bulutli, ba’zi joylarda esa yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi va baland tog‘larda qarga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 8-13 daraja bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!