Xitoy AQSh sanktsiyalarining asl maqsadini fosh qildi

Xitoy AQSh sanktsiyalarining asl maqsadini fosh qildi
Amerika Qoʻshma shtatlarining Rossiyaga nisbatan qoʻllayotgan sanktsiyalar siyosatining asl maqsadi – Yevropaning mustaqilligiga putur yetkazish, Yevropani Amerikaga iqtisodiy bogʻlab qoʻyish, deb hisoblaydi Xitoy iqtisodchilari.

AQSh Ukrainada oʻtkazilayotgan harbiy operatsiyadan foydalanib, Gʻarb davlatlaridan Rossiya bilan energetika sohasida aloqalarni uzishni talab qilishida - “egoistik maqsadlar bor”, - deb yozadi nashr iqtisodchi ekspertlar xulosasiga tayanib.

Bu bilan AQSh Yevropaning mustaqilligiga putur yetkazgan holda, uni iqtisodiy jihatdan oʻziga bogʻlab olmoqchi. Xususan, AQSh Rossiyani Yevropa energetika bozoridan siqib chiqarib, uning oʻrnini oʻz neft va gaz kompaniyalariga bermoqchi.

“Buning eng muhim ahamiyati shundaki, iqtisodiy jihatdan AQShga bogʻliq boʻlib qolgan Yevropa kelajakda Osiyo-Tinch okeani hududidagi mojarolarda – doim AQSh tomonida boʻladi”, - deydi Xitoy Tashqi ishlar universiteti professori Li Xaydun.

Yevropa AQShdan qancha koʻp energiya resurslari sotib olsa, AQShda EIning mustaqil siyosatiga aralashish imkoniyati shuncha koʻp boʻladi.
Xitoy Xalqaro munosabatlar instituti Yevropani oʻrganish boʻlimi xodimi Dun Ifan xulosasiga koʻra, AQSh uzoq vaqtdan buyon Yevropani Rossiyadan “oʻgʻirlab olishni” orzu qilib kelgan.

Shu bilan birga Rossiyaga qarshi sanktsiyalar qabul qilishda, AQSh yana “ikkiyoqlama standart”lardan foydalnmoqda. Masalan, Amerika Yevropadan Rossiya energiya manbalarini sotib olishni ta'qiqlashni talab qilsada, oʻzi uran sotib olishda davom etmoqda. Chunki uran uning AESlari uchun juda kerak.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya va yana bir necha Yevropa davlatlari hamkorligida qurilgan “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri 2021 yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak edi. Lekin yangi gaz quvuri ayni tayyor boʻlgan vaqtda AQSh, oʻz qoʻli ostida boʻlgan dunyoning barcha OAVlari orqali Rossiya “Ukrainaga bostirib kiradi” degan vahimani tarqata boshladi va bir vaqtning oʻzida Ukrainaga katta miqdorda qurol-aslaha yetkazib berishni boshladi.

LXR va DXRda tinch hayot oʻrnatishning yagona umidi boʻlgan Minsk shartnomasi Kiev tomonidan toptab tashlandi. Rossiyaning ushbu respublikalar hududida 8 yildan buyon davom etayotgan oʻqqa tutishlar, Ukrainada millatchilikning rivojlanishi haqidagi da'volari xalqaro hamjamiyat tomonidan javobsiz qoldi.

Vaziyat tobora keskinlashganidan soʻng, 21 fevral kuni DXR va LXR rahbarlari Rossiyadan ularning suverenitetini tan olishni soʻradi. Vladimir Putin maslahatlashuvdan soʻng ushbu Donetsk respublikalarini tan oldi. 24 fevral kuni Rossiya Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshladi. Uning maqsadi Ukrainani qurolsizlantirish va millatchilardan tozalash.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar