23:45 / 07.11.2022
1 981

Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ham iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar

Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ham iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar
Foto: «Lisa.ru»
Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni iste’mol qilish salomatlik uchun xavfli, albatta. Ammo bu hamma mahsulotlar uchun ham tegishli emas. «Lisa.ru» nashri tejamkor bekajonlar uchun yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa-da, iste’mol qilish mumkin bo‘lgan oziq-ovqatlar nomini ma’lum qildi.

Sut
Sut mahsulotlarining yangiligi qayta ishlash usuliga bog‘liq. Pasterizatsiya qilingan sut ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin besh kungacha muzlatkichning orqa qismida saqlanishi mumkin. Sterilizatsiyalangan va ultrapasterizatsiya mikroorganizmlarni o‘z ichiga olmaydigan sut bir oy davomida xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Agar mahsulotning yaroqlilik muddati qisqa bo‘lsa, ko‘rsatilgan sanadan keyin uni ishlatmaslik tavsiya etiladi.

Non
Nonlar ham belgilangan muddatdan keyin eskiradi. Ammo parhezshunoslar bunday mahsulotni organizmga ko‘proq foyda keltiradi, deb biladi. Asosiysi, non mog‘orlab ketmagan bo‘lishi lozim. Zamburug‘ tarkibida organizmga zararli ta’sir ko‘rsatadigan toksinlar mavjud bo‘lib, ular jigarning jiddiy shikastlanishi va hatto saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

Shokolad
Agar yaroqlilik muddati o‘tgan yoki noto‘g‘ri saqlangan bo‘lsa, shokolad yoki konfet yuzasi oq rang bilan qoplanishi mumkin. Bu kabi shirinlik sovg‘a uchun mos emas, lekin iste’mol qilish uchun juda yaxshi tanlov. Yuzadagi oq qoplama esa shakar kristallari va qotib qolgan kakao moyidir.

Makaron
Agar makaron ishlab chiqarishda tuxum ishlatilmagan bo‘lsa, unda mahsulot ikki yildan ortiq saqlanishi mumkin. Muddati tugagan makaron mahsulotida esa yoqimsiz hid, tashqi zararlanishlar va hasharotlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim. Bunday makaronni sog‘liq uchun qo‘rqmasdan iste’mol qilish mumkin.

Qattiq pishloq
Qattiq pishloqlarni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin 2-3 hafta o‘tgach ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Pishloqda paydo bo‘lgan oq yoki yashil mog‘orni qirib tashlash mumkin. Zamburug‘ sporalari qattiq tuzilishga ega mahsulot ichiga kira olmaydi.

Souslar
Odatda souslarga tuz, sirka, shakar kabi ko‘plab konservantlar qo‘shiladi. Ular uzoq vaqt saqlanishi va sog‘liqqa zarar yetkazmasdan iste’mol qilinishi mumkin. Misol uchun, ketchup xonada saqlanganda bir oy, muzlatkichda — olti oy yoki undan ko‘proq vaqtga to‘g‘ri keladi. Xantalning o‘zi esa konservantdir, shuning uchun uni olti oy davomida iste’mol qilish mumkin, muhrlangan qadoqdagi mayonez — yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ikki oygacha ishlatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ham iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar