Foto: Marie Claire
Bayramona taomlar nafaqat salomatlikka zarar yetkazadi, balki Yangi yil kayfiyatiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Yangi yil dasturxoni haqida gap ketganda barchaning ko‘z oldida xilma-xil taomlar-u shirinliklar, sharbatlardan tortib gazli ichimliklargacha paydo bo‘ladi. Go‘yoki ularsiz bayram dasturxonini tasavvur qilish qiyin. Ammo bu kabi shohona dasturxondagi taomlarga tibbiyot tomonidan yondashilsa, bayram ziyofatida iste’mol qilinadigan ko‘plab taomlar sog‘liqqa katta zarar yetkazadi. Kelayotgan yilda sog‘liq borasida muammolarga duch kelmaslik uchun ehtiyot bo‘lish kerakligini unutmaslik lozim.
Marinadlangan yeguliklar
Foto: Marie Claire
Tuz, shakar, ziravor, sirka, sharob – bular odatda tuzlamalarda mujassam bo‘ladi. Ular salat yoki boshqa bir taomlar tarkibida va alohida iste’mol qilish uchun ham dasturxondan joy oladi. Yaxshi tomoni shundaki, tuzlamalar ovqat hazm qilish intensivligini oshiradi, ishtahani ochadi. Shuning uchun ham ortiqcha ovqatlanish xavfi avtomatik tarzda ortadi. Ammo har qanday taom va tuzlangan bodringni me’yoridan ortiq iste’mol qilish shilliq qavatni osongina bezovta qiladi. Natijada oshqozon buzilishi kuzatiladi.
Gazlangan ichimliklar
Foto: Marie Claire
Masalan, 1 litr kola tarkibida 100 grammgacha shakar bor va uning energiya qiymati 400 kkalni tashkil etadi. Ma’lumki, gazlangan ichimlik bayram dasturxoni uchun sotib olinishi kerak bo‘lgan birinchi mahsulotdir. Ammo ular tanadan kalsiyni chiqarib tashlaydi, bo‘yoq, shirin ta’m beruvchi sun’iy qo‘shimchalar va ortofosfor kislotasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Yaxshisi, gazlangan ichimliklarni sharbat yoki choylar bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir.
Salatlar
Foto: Marie Claire
An’anaga ko‘ra, bayram dasturxonida olive va mimoza salatlari boshchilik qiladi. Ammo ikkala salat ham o‘z ichiga bir necha mahsulotni oluvchi murakkab tarkibga ega. Muammo shundaki, mahsulotlarning ko‘pini bir-biri bilan hazm qilish qiyin. Shuningdek, mayonez va boshqa souslar bilan jarayon yanada qiyinlashadi. Masalan, mayonez o‘rniga kam yog‘li smetana yoki yogurtdan foydalanish mumkin. Kolbasa o‘rniga esa go‘sht, tuzlangan bodring emas, shunchaki oddiy bodringdan salat tayyorlash oldindagi muammolarni bir oz bo‘lsa-da bartaraf etadi.
Tort va shirinliklar
Foto: Marie Claire
Odatda shirinlik va tortlar qorin to‘yib, hazm qilish jarayoniga o‘tishni boshlaganda iste’mol qilinadi. Agar bayram dasturxonidan yuqoridagi barcha narsa iste’mol qilingan bo‘lsa-yu, navbat tort yoki shirinlikka kelgan bo‘lsa, oshqozon buning uchun hech qachon “rahmat” aytmaydi. Shirinlikka juda o‘chlar esa ularni mevalar bilan almashtirishi mumkin.
Tartaletkalar
Foto: Marie Claire
Xamirdan tayyorlangan tartaletkalar ichiga zaytundan tortib, qizil ikragacha solinishi mumkin. Yuqori kaloriyaga boy xamir ichidagi nachinkalar esa yana oshqozon uchun og‘irlik qiladi va uning zo‘riqishiga olib keladi. Shundan so‘ng ortiqcha vazn, oshqozondagi nozik muammolar bilan kurashishga tayyor turish mumkin, albatta.
Mandarinlar
Foto: Marie Claire
Mandarin faqatgina Yangi yil mevasi emas. U juda foydali xususiyatlarga ega. Tarkibida beta-karotin, kaliy, A vitamini, antioksidant va boshqa ko‘p miqdordagi moddalar mavjud. Lekin bayram dasturxonida ortiqcha iste’mol qilingan mandarinlar allergiya, jig‘ildon qaynashi va gastrit xurujini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bayram kuni uni boshqa mevalar bilan almashtirish foydadan xoli bo‘lmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi