Foto: Thevoicemag.ru
Muayyan odatlarga rioya qilish hayotni sezilarli darajada uzaytirishi mumkin, chunki tadqiqotlar ko‘rsatishicha, irsiyat va genlar inson umrining atigi 25 foiziga ta’sir ko‘rsatadi. Hayotni qanday tarzda o‘tkazish va kundalik sog‘lom odatlar uzoq umr ko‘rishning asosi sanaladi. Quyida uzoq va sog‘lom hayot kechirishga to‘qsinlik qiladigan va e’tibordan chetda qoldiriladigan odatlarni sanab o‘tdik.
Profilaktik tekshiruvlardan o‘tmaslik
“Kasalni davolashdan ko‘ra uning oldini olish yaxshiroq” degan naql ostida katta mazmun yotibdi. Muntazam ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan skrining tekshiruvlar: mammografiya, qondagi xolesterin va glyukoza darajasini aniqlash testlari, EKG, ginekolog tekshiruvi kabilar kelajakda yuzaga keladigan muammolarni oldini olishga yordam beradi yoki mavjud kasallikni uning erta bosqichida aniqlash imkonini beradi.
Kam muloqot qilish
Insonlar ijtimoiylashuv orqali miya salomatligini ta’minlashi, ruhan tetik bo‘lishi hamda uzoq umr ko‘rishi fanda isbotlangan. Shu sababli bizga ijobiy kayfiyat beradigan insonlar bilan ko‘proq muloqot qilish muhimdir. Yosh o‘tgani sayin atrofdagi do‘stlat soni kamaya boradi, shuning uchun yangi insonlar bilan tanishish juda muhim.
Sport bilan shug‘ullanmaslik
Jismonan faol bo‘lish mashqlar nafaqat vazn uchun, balki yurak, miya va suyaklar salomatligi uchun ham muhimdir. Muntazam jismoniy mashqlar organizmdagi stress darajasini pasaytiradi va insonning psixologik holatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, jismoniy faollik sizning vazningizni nazorat qilishga yordam beradi va qon aylanishini normallashtiradi. Ammo bularning bariga faqat professional sport bilan shug‘ullanish orqali erishiladi, deb o‘ylash xato. Kun tartibiga hech bo‘lmasa bir necha kilometr piyoda yurish odatini kiriting. Boshlanishiga haftada 150 daqiqani jismoniy mashqlarga ajrating, so‘ng keyinchalik mashg‘ulotlar vaqtini uzaytirib boring.
Chekish
Nima uchun shifokor va olimlar spirtli ichimliklarning xavfsiz dozalarini ayta oladik-yu, tamakining eng kam xavfsiz middorini haqida jim turadi? Chunki chekish miqdoridann qat’iy nazar o‘ta zararli odatdir. Chekish birinchi navbatda o‘pkaga salbiy ta’sir qilmaydi, balki insonning barcha organlari faoliyatini buzadi.
Yurak kasalliklari, ateroskleroz, tromboz, 2-toifali qand kasalligining rivojlanishi va uning asoratlari, kognitiv funksiyaning yomonlashishi, demensiya va aqli zaiflikka duch kelish — bularning bari chekish sabablidir.
Iste’mol qilinadigan taom va uning sifatiga e’tiborsizlik
Foto: Thevoicemag.ru
Amerikalik olimlar o‘ttiz yil davomida 90 000 dan ortiq aholining taomnomasi hamda o‘lim holatlarini tahlil qilishdi. Atigi bir choy qoshiq margarin va mayonezni xuddi shunday miqdorda zaytun yog‘iga almashtirish o‘lim xavfini 8-14 foizga kamaytirishi aniqlandi.
70 yoki 80 yoshdan boshlab to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga o‘tishdan ko‘ra, kech bo‘lsa-da, 40 yoshda sog‘lom ovqatlanishni boshlash osonroq. Buning uchun ratsionda ko‘proq baliq, meva, sabzavotlar va don mahsulotlar bo‘lishiga ahamiyat berish lozim.
Uzoq umr ko‘rgan qarindoshlar va genlarga ishonib yashash
“Bobom doim cheksa ham, yaxshi ovqatlanmagan bo‘lsa ham 97 yil umr ko‘rgan va doimo baquvvat bo‘lgan” kabi voqealar haqida siz ham eshitgandirsiz? Afsuski, avlodlarda ham xuddi shunday taqdir bo‘lishi ehtimoli juda past: olimlarning fikriga ko‘ra, genetik omillar umr davomiyligiga 25% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ta’sir qiladi.
Yetarli miqdorda uxlamaslik
Uyquga to‘yish va sog‘lom uyqu tartibini shakllantirish uzoq umr garovidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uyqu yetishmasligi bevaqt o‘lim xavfining oshishiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi