So‘nggi yillarda jahon bo‘ylab keng tarqalayotgan va millionlab insonlar amal qilayotgan "interval ochlik" yoki "interval fasting" usuli haqida turli fikrlar yurtirilmoqda. Ushbu parhez shakli nafaqat vazn yo‘qotish, balki umumiy sog‘lik holatini yaxshilashga xizmat qilar ekan, deyishmoqda mutaxassislar.
Interval ochlik — bu inson kuni davomida ma’lum soatlar ovqatlanib, qolgan vaqtda hech nima iste’mol qilmasligi bilan belgilanadi. Masalan, 16:8 usulida inson 16 soat och qoladi va faqat 8 soat davomida ovqat yeyishi mumkin. Boshqa turlari ham mavjud: 18:6, 20:4, hatto haftasiga 2 kun to‘liq och qolish kabi variantlar bor.
Qizig‘i shundaki, tadqiqotlar interval ochlikning quyidagi foydalari borligini ko‘rsatgan:
-
Qandli diabet xavfini kamaytiradi, insulin sezgirligini oshiradi;
-
Metabolizmni rag‘batlantiradi, semizlikka qarshi kurashadi;
-
Hujayralarning qayta tiklanish jarayonini faollashtiradi;
-
Qovoq, o‘pka, jigar faoliyatini yaxshilashi mumkin.
Biroq barcha uchun ham interval ochlik to‘g‘ri kelavermaydi. Ayniqsa, yurak xastaliklari, oshqozon-ichak muammolari, qandli diabet yoki gormonal muvozanat buzilishi bor insonlar bu usulni shifokor nazoratida amalga oshirishi kerak. Shuningdek, homilador va bola yemizuvchi ayollar uchun bu tavsiya etilmaydi.
Mutaxassislar interval ochlikni sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va yaxshi uxlash bilan birga qo‘llashni maslahat berishadi. Chunki interval ochlikning foydasi to‘g‘ri ovqat tanlash, parhezga mas’uliyat bilan yondashish va muntazamlikka bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda, interval ochlik ba’zi insonlar uchun samarali va foydali bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday parhez kabi, bu ham shaxsiy xususiyatlarga qarab qo‘llanilishi lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!