Istanbul — Yevropa va Osiyo qit’alari ustida joylashgan yagona shahar. Uni Bosfor bo‘g‘ozi ikkiga ajratadi. Shahar qadimda Vizantiya, Rim va Usmonli imperiyalarining poytaxti bo‘lgan.
Bu yerda tarix va zamonaviylik yonma-yon mujassamlashgan. Aya Sofiya, Topkapi saroyi va ko‘plab qadimiy masjidlar Istanbulning eng mashhur joylaridir.
Shaharda mushuklar ko‘p uchraydi va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘linadi. Istiqlol ko‘chasi va eski tramvaylar esa sayyohlarning sevimli manzillaridan biri.
Bugungi kunda Istanbul 16 milliondan ortiq aholiga ega. U Turkiyaning eng yirik va eng muhim shaharlaridan biridir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing