AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilganidan so‘ng, davolanishning yangi bosqichiga o‘tdi. NBC News xabar berishicha, 82 yoshli Bayden hozirda nur terapiyasi va gormonal davo kursini o‘tamoqda.
Sobiq prezident matbuot kotibi ma’lum qilishicha, mazkur davo jarayoni Bayden uchun maxsus ishlab chiqilgan kompleks reja doirasida amalga oshirilmoqda. Manbalarning aytishicha, nur terapiyasi taxminan besh hafta davom etadi va bu Baydenning kasallikka qarshi kurashidagi yangi va muhim bosqich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil may oyida Baydenning vakillari unda suyak metastazlari bilan kechayotgan prostata saratoni aniqlanganini ma’lum qilgan edi.
“Garchi saratonning bu turi nisbatan tajovuzkor bo‘lsa-da, u gormonlarga sezgir bo‘lib chiqdi. Bu esa kasallikka qarshi samarali davo usullarini qo‘llash imkonini beradi”, — deyiladi Baydenning matbuot xizmati bayonotida.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur davo jarayoni saraton o‘smasini nazorat qilish va uning tarqalishini to‘xtatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!