date

Metan “zapravka”lardagi limit haqidagi xabarlarga izoh berildi

Metan “zapravka”lardagi limit haqidagi xabarlarga izoh berildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “metan zapravkalarga limit qo‘yilmoqda” degan xabarlar tarqaldi. Ko‘plab foydalanuvchilar bu holat haqida turlicha fikr bildirishdi. Ammo “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati bu ma’lumotlarni rad etdi va rasmiy izoh berdi.

Ma’lumotda qayd etilishicha, metan zapravkalar faoliyatini cheklash yoki ularga limit joriy etish haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz. Hozirda mamlakat bo‘ylab barcha metan stansiyalari belgilangan tartibda ishlayapti.

“Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida gaz ta’minoti tizimidagi ayrim gaz taqsimlash stansiyalarida rejali profilaktika va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shu sababli qisqa muddatga ayrim hududlarda gaz bosimi pasaydi, natijada ba’zi metan zapravkalar faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi”, — deyiladi “Hududgazta’minot” ma’lumotida.

Tashkilot ta’kidlaganidek, bu jarayon tabiiy holat hisoblanadi va hech qanday “cheklov” yoki “limit” bilan bog‘liq emas. Hozirda gaz ta’minoti tizimi barqaror ishlayapti, barcha metan “zapravka”lar korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida gaz qabul qilmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya aholini tekshirilmagan yoki yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi. “Ijtimoiy tarmoqlarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish orqali odamlar orasida sarosima yoki shubha uyg‘otish qonun bilan taqiqlangan. Bunday harakatlar uchun javobgarlik belgilangan”, — deyiladi bayonotda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Metan “zapravka”lardagi limit haqidagi xabarlarga izoh berildi