Yozuvchi va jurnalist Darius Foru Medium’dagi blogida o‘ziga xos izoh qoldirdi. Unda u ishbilarmonlar odatlari haqida maqolalar o‘qish nima uchun hech qanday foyda keltirmasligi haqida so‘z yuritgan. Muallif fikricha, hattoki omadli insonlar prinsiplaridan foydalansangiz ham, ularni hayotga tatbiq etish mushkul narsa, bundan tashqari, ular insonning shaxsiy yo‘lini to‘sib qo‘yadi, deb yozadi Kun nashri.
«Siz ishbilarmonlar, yozuvchilar va boshqa mashhur insonlarning barcha sirlarini ochish haqida va’da beruvchi kitob va maqolalarni ko‘p ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Sizga vaqtingizni bekorga sarflamay, ularni o‘qimaslikni tavsiya qilaman», - deb yozadi Foru.
Bunday maqolalar turli janrlarda yoziladi. Mening eng sevganim esa – g‘olib va mag‘lub bo‘lganlar o‘rtasida farq haqidagisi. «Omadli insonlarni oddiy kishilardan farqlab turuvchi odatlar».
Izoh muallifi fikricha, bunday maqola va kitoblar faqatgina bir maqsad bilan yoziladi – o‘quvchini o‘zi bilan faxrlanishiga majbur qilish uchun. «"Ko‘rayapsizmi, menda omadli insonlarga xos bo‘lgan barcha jihatlar bor. Men ulardan biriman". Bunday maqolalar har doim jarayonga emas, balki natijaga bor e’tiborni qaratadi. Bunday sermahsullik taktikasi va foydali odatlardan foydalanish – bu juda yaxshi. Biroq hammasi ham ularga bog‘liq emas».
Bundan tashqari, Foruning so‘zlariga ko‘ra, bunday materiallarning deyarli barchasida omad, mablag‘ va maqom orasidagi aloqa kuzatilmaydi. «Barchamiz omad katta mablag‘ga ega bo‘lish bilan cheklanib qolmaydi, degan fikrni bildirishimiz mumkin. Albatta, bunda yolg‘on ishlatamiz: aslida, har birimiz omad deganda pullarni tushunamiz. Keling haqiqatni tan olaylik».
Muallif yozuvchi Derek Siversdan ("Anythind You Want") iqtibos keltiradi. U Tim Ferrisning shousida shunday degan: «E’tibor bering: har gal "omadli bo‘lishni" xohlayotganingiz haqida gapirsangiz, aslida siz "ko‘p pul topishni" nazarda tutasiz». «Boylikka intilishda hech qanday yomon narsa yo‘q. Kishilar istalgan narsa haqida orzu qilishlari mumkin».
«Agarda siz biz omad deganda odatda boylikni nazarda tutishimizni tan olsangiz, keling millionerlar odatlari haqida gaplashamiz», - davom etadi Foru. U o‘z ustozi bilan bunday maqolalarni muhokama qilgan. «Bu inson hech qachon internetda nimadir o‘qimaydi. U qog‘ozli gazeta va kitoblarni xush ko‘radi. U texnologiyalar ishqibozi emas – o‘tgan yilga qadar tugmali telefondan foydalangan».
«U eski maktab insoni. Omad haqida esa shunday deydi: omad va kompaniya hamda karera barpo etish o‘rtasida iste’dod va tinimsiz mehnat o‘rtasidagidek farq bor. Men tarixda hech qanday iz qoldirmagan ko‘plab kishilarni bilaman. Iste’dodi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘plab yaxshi narsalarni qilishgan. Omadli bo‘lishni bilish borasidagi bilim – omad kafolati emas».
O‘ylashimcha, odatda hammasi teskari yuz beradi. Barcha narsani ham bilmasliklarini tan oluvchi kishilar eng yaxshi natijalarga erishadi.
«Siz ko‘plab buyuk insonlar odatini o‘rganib chiqqaningiz hech nima emas. Bu aslida yo‘q narsa. Korrelyasiya sabab va natija aloqasi haqida emas. Omad haqida maqolalar va kitoblar o‘qish – o‘z vaqtini bekorga sarf etish degani. Ular sizga foydali hech narsa bermaydi. Aslida ular faqatgina vaziyatni yomonlashtirishi mumkin», - deb yozadi Foru.
U misol tariqasida erta turishni keltirgan – bu odat omadli insonlar prinsiplari ro‘yxatida har doim bo‘ladi. «Muammo shundaki, bu sizni boy qiluvchi narsa emas. Siz qaysidir maqolada millionerlar erta turishlari haqida o‘qigan bo‘lishingiz mumkin va taxminan soat beshlarda tura boshladingiz – biroq nimagadir boy bo‘lib ketmayapsiz», - tushuntiradi u.
«Menga insonlarning ishbilarmonlar va mashhurlarga taqlid qilishlari g‘alati bo‘lib ko‘rinadi. Ma’no nimada? Agarda siz omadli bo‘lish sirlarini aniq bilsangiz, bu ulardan foydalana olasiz degani emas», - davom etgan Foru.
Bunday maqolalarni o‘qishda davom etayotganimizga bir sabab bor: biz natija olishni xohlaymiz, biroq ishni mustaqil ravishda bajarishni istamaymiz.
«Men omad haqidagi maqolalarni o‘qimayman. Gap ular ishlamasligida emas, gap go‘zallik kurashda ekanida. Agarda siz boshqa insonlarga taqlid qilishda davom etsangiz, o‘z tarixingizni yaratmaysiz, balki o‘zingizni shaxs sifatida o‘ldirasiz. Ralf Uoldo Emerson aytgan: "Hasad – bu savodsizlik, biroq taqlid – bu o‘z joniga qasd qilish". O‘zingiz va o‘zligingizni toping». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi