date

Alfonso Peres: Yamalga yaxshi murabbiylik zarur

Alfonso Peres: Yamalga yaxshi murabbiylik zarur
Sobiq "Barselona" futbolchisi Alfonso Peres katalon klubining qanot hujumchisi Lamin Yamal haqida o'z fikrlarini bildirdi. Peresning fikricha, Yamal ajoyib futbolchi, ammo uning atrofida noto'g'ri tasavvur shakllanmoqda.

"Yuksak salohiyatga ega yosh futbolchiga yaxshi murabbiylik va yo'l-yo'riq ko'rsatilishi juda muhim. Aks holda, u xatoga yo'l qo'yishi mumkin.

To'g'ri yetakchilik orqali u uzoq yillar davomida "Barselona" va terma jamoa uchun muhim o'yinchi bo'lib qolishi mumkin", - deya Peresning so'zlarini keltiradi As nashri. Lamin Yamal 2023-yildan beri "ko'k-anorranglilar" safida to'p surmoqda.

Joriy mavsumda 18 yoshli vinger yetti o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alfonso Peres: Yamalga yaxshi murabbiylik zarur