
Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan «Real Madrid» — «Barselona» uchrashuvi yana tarixiy ruhda o‘tdi. Ammo g‘alaba bilan yakunlangan bahs so‘nggi hushtagi bilan emas, futbolchilar o‘rtasidagi tortishuv bilan yodda qoldi.
«Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda «qaymoqranglilar» 2:1 hisobida zafar qozondi. Lekin final hushtagidan keyin maydon markazida keskin bahs kelib chiqdi. «Barselona»ning vingeri Rafinya va «Real» hujumchisi Vinisius Junior o‘rtasida tortishuv boshlanib, vaziyat tezda keskinlashgan.
Guvohlar ma’lumoticha, Vinisiusning raqibga nisbatan qilgan ishoralari janjalni qo‘zg‘atgan. Sudyalar va har ikki jamoa murabbiylari aralashganidan keyin holat tinchlantirilgan.
Natijada «Real» 27 ochko bilan chempionatda peshqadamligini saqlab qoldi, «Barselona» esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolmoqda. “El Klasiko” atrofidagi tortishuv Ispaniya OAVlarida hanuz muhokama qilinyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!