
Rossiyalik taniqli mutaxassis Valeriy Ovchinnikovning fikricha, Rossiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, yaqin kelajakda xalqaro hamjamiyat Rossiya terma jamoalari UEFA va FIFA bayrogʻi ostidagi musobaqalarga qaytishi zarurligini tan oladi.
"Rossiya terma jamoasi Jahon chempionatida qatnashadi. Bizni amerikaliklar saralashsiz qabul qilishadi", – dedi Ovchinnikov "Sovetskiy sport" nashriga bergan intervyusida.
Maʼlumot uchun, Rossiya milliy jamoasi 2022 yildan buyon barcha musobaqalardan chetlatilgan va faqat oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazib kelmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing