date

Bernardu Silva: Xulosa chiqarish uchun hali erta

Bernardu Silva: Xulosa chiqarish uchun hali erta

"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan so‘ng jamoasining joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. "Oldinda hali uzoq yo‘l bor.

Men hozircha shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmoqchi emasman. Biz jadvalning eng yuqori pog‘onasida bo‘lishni juda xohlaymiz, lekin hozircha u yerda emasmiz.

Xulosa chiqarish uchun hali erta", dedi portugaliyalik futbolchi o‘yindan keyin. Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" "Aston Villa"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Xosep Gvardiola jamoasi 9 turdan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan 6 ochkoga orqada qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bernardu Silva: Xulosa chiqarish uchun hali erta