Insoniyat juda uzoq davrlardan beri abadiy yoshlik sirini topishga urinib keladi. Britaniyalik olimlar nihoyat uzoq yashash sirini aniqlashdi, deya yozmoqda Sof.uz nashri.
London imperial kolleji olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasida o‘limga olib keluvchi turli xastaliklarga chalinish ehtimolini kamaytirish yo‘li topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bevaqt o‘limning oldini olishning eng yaxshi chorasi har kuni meva va sabzavotlar iste’mol qilish ekan.
Olimlar kuniga qancha miqdorda meva va sabzavot iste’moli inson immunitetini qanchalik kuchaytirishini tadqiq qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 800 gramm miqdorda meva va sabzavot eyish yiliga dunyo bo‘ylab bevaqt hayotdan ko‘z yumayotgan 7,8 million kishilar qatorida bo‘lmasligingiz uchun yordam beradi.
Kuniga 200 gramm tabiiy meva-sabzavotlar iste’mol qilish yurak xastaliklarini 16 foizga, miyaga qon quyilishini 18 foizga, qon-tomir kasalliklarini 13 foizga, saratonga chalinish ehtimolini 4 foizga hamda bevaqt o‘limni 15 foizga kamaytirishga yordam beradi.
Tadqiqot mualliflarining aytishlaricha, surunkali kasalliklarga yo‘liqish va erta o‘limning oldini olish uchun kunlik iste’mol qilinadigan meva va sabzavotlar miqdorini bir necha barobar ko‘paytirish lozim. Yangi taklif qilinayotgan miqdor 800 grammni tashkil qiladi.
Tadqiqot natijasida kuniga 800 gramm meva-sabzavotlar iste’mol qilish qanchalik foyda keltirishi aniqlangan: yurak xastaliklarini 24 foizga, miyaga qon quyilishini 33 foizga, qon-tomir kasalliklarini 28 foizga, saratonga chalinish ehtimolini 13 foizga hamda bevaqt o‘limni 31 foizgacha kamaytirish mumkin.
Olimlar yurak kasalliklari va miyaga qon quyilishining oldini uchun mevalardan olma, nok, sitrus mevalar, ko‘katlardan ismaloq, karam, sachratqi barglari hamda brokkoli, gulkaram va karamni ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda. Xom loviya, bulg‘or qalampiri, sabzi va karamning barcha turlari insonni saratondan asrovchi vositalar sifatida ko‘rilmoqda.
Meva va sabzavotlar qon bosimi va xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon tomirlari va immunitet mustahkamligini ta’minlaydi. Ular tarkibidagi bir qancha antioksidantlar saratonga chalinish xavfini kamaytiradi. Karamning barcha turlarida glyukozinolatlar deb nomlangan birikmalar mavjud bo‘lib, ular saratondan himoya qiluvchi eng yaxshi vositalar hisoblanadi. Meva va sabzavotlar ichki organlarda bakteriyalar tabiiy ravishda paydo bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Olimlar antioksidant va vitaminlar ekanligi aytilgan kimyoviy dori vositalaridan ko‘ra tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish yaxshiroq natija beradi, degan xulosaga kelishgan. Tadqiqot natijalari «Xalqaro epidemiologiya jurnali»da e’lon qilingan bo‘lib, olimlar dunyoning 95 mamlakatidan 2 millionga yaqin insonlar o‘rganib chiqishgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi