
Madridning "Real" klubi La Liga 10-turida "Barselona" ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv yakshanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.
Qiziq tomoni, "ko‘k-anorranglilar" Markus Zorg boshchiligida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lishdi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.
Bungacha Xans-Diter Flikning yordamchisi boshqaruvida kataloniyaliklar dekabr oyida "Atletiko Madrid" va "Leganes"ga yutqazib qo‘ygan edi. Eslatib o‘tamiz, Flik "El-Klasiko" uchrashuvida "Jirona"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olganligi sababli diskvalifikatsiya tufayli qatnasholmadi.
Navbatdagi turda "Barselona" o‘z maydonida "Elche"ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar