11:04 / 11.06.2017
8 931

Badavlat kishilar haqidagi eng mashhur 7 "afsona"

Ko‘pchilik badavlat kishilarni salbiy qiyofada ko‘radi. Ba’zan bu shunday. Shu bilan birga, boylik oson qo‘lga kiritiladi deb hisoblashadi. Qaysidir ma’noda shunday ham. Shunga qaramay, to‘liq kartina biroz murakkabroq. InsiderPro shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

Ular - xasis, noinsof va boylik evaziga hukmronlikni qo‘lga kirituvchi kishilar - har holda badavlat kishilar haqida ko‘pchilik shunday fikrda. Birinchi marta milliarder AQSh prezidenti bo‘lganidan so‘ng, badavlat kimsalar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘sishda davom etayotgan bir vaqtda bunday "afsona"ga ishonish ayniqsa oson.

Biroq hayot ancha murakkab. Albatta, biz ko‘pincha dunyoni oq va qora ranglarda ko‘rib o‘rganganmiz. Quyida badavlat kishilar haqidagi etti eng keng tarqalgan "afsona"ni yodga olamiz.

1. Ular katta uylarda yashashadi va qimmatbaho mashinalar minishadi
Badavlat kishilar haqidagi eng mashhur 7 "afsona"
Sobiq Motley Fool sharhlovchisi Morgan Xuzel o‘zining Los-Anjelesdagi hashamatli mehmonxonada shveysar sifatidagi tajribasidan kelib chiqib, nimalarni anglaganini bayon qilgan:

"100 ming dollardan qimmat avtomobili bor kishini uchratsangiz, u haqida bir narsani aniq bilasiz: hozir uning bank hisobidagi mablag‘i 100 ming dollarga kam yoki u kimgadir 100 ming dollar qarz".

Albatta, har qanday qoidada ham istisno bo‘ladi, lekin umumiy olganda, shuni inobatga olish kerakkki, uning ishlari siz o‘ylagandek yaxshi bo‘lmasligi ham mumkin. Bu g‘oya Stenli Tomas va Danko Uilyamning millionerlar to‘g‘risidagi kitobida bayon qilingan xulosalar bilan tasdiqlanadi. Mualliflarning aniqlashicha, 1 million dollardan ziyod mablag‘ga ega oilalarning aksariyati o‘rta toifa aholi yashagan joylarda istiqomat qilgan va ular o‘z mavqeini tasdiqlovchi xaridlardan qochishgan.

2. Badavlat kimsalar baxtliroq, chunki ularning puli ko‘p

Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, badavlat kishilar haqiqatda boshqalarga nisbatan baxtliroq. Biroq shu bilan birga daromadlarning oshishi insonlarni faqat ma’lum bir davrgacha baxtli qilishidan dalolat beruvchi izlanishlar natijalari ham mavjud. Daromadingiz ehtiyojlaringizni qoplaydigan darajada oshib, xarajat haqida o‘ylamay, ko‘nglingizga kelganini qila oladigan paytingiz kelganidan keyingi kirimlarning oshishi sizning kayfiyatingizni yaxshilay olmaydi.

Shunday ekan, nima uchun boylar baxtliroq? Ko‘pincha bu ularning o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishishi yoki bo‘sh vaqtlari ko‘proq ekani bilan bog‘liq. Nafaqaga chiqqan kishilar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bo‘sh vaqtning ko‘pligi rekord darajadagi mamnuniyatga olib keladi va tashvishni rekord darajada kamaytiradi. Badavlat kishilar boshqa aksariyat odamlardan ertaroq ish joylarini tark etishlari mumkin.

3. Ular boylikni meros qilib olishgan

Wealth-X tadqiqot kompaniyasi butun dunyodagi 2170 nafar milliarderning boyish yo‘lini o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra:
  • 60 foizi pullarni mustaqil qo‘lga kiritgan;
  • 20 foizi meros qilib olgan va ko‘paytirgan;
  • 20 foizi bor boyligini meros qilib olgan.

Insonning kelib chiqishi ahamiyatsiz emas, albatta. Biroq keyingi safar superbadavlat kishini uchratganingizda unga pullar o‘z-o‘zidan yog‘ilmagani, aksincha peshona teri evaziga kelgani haqida o‘ylang.

4. Badavlat kishilarning akariyati - investbankirlar

Xej-fondlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya fondlarini boshqaruvchi investbankirlar, shuningdek venchur kapitalistlar juda boy kishilar orasida ko‘pchilikni tashkil qilishi haqiqat. Biroq moliyaviy ahvoli 30 million dollardan oshuvchi kishilar orasida bundaylar atigi 19 foiznigina tashkil qilar ekan. 81 foizi esa boshqa sohalarda pul ishlaydi.

5. Badavlat kishilarning aksariyati The Ivy League universitetlarida ta’lim olishgan

Darhaqiqat, 30 milliondan ziyod mablag‘ga ega kishilarning juda katta qismi The Ivy League (AQShning shimoli-sharqidagi etti shtatda joylashgan sakkiz xususiy universitet assosiasiyasi) universitetlari bitiruvchilari hisoblanadi.

Shunday bo‘lsa-da, ularning bitiruvchilari o‘ta boy kishilar orasida atigi 3,5 foizni tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, 96,5 foiz o‘ta badavlat kishi bu universitetlarda o‘qimagan. Eng qizig‘i, ularning 13,6 foizi umuman oliy ta’lim muassasasida tahsil olmagan.

6. Badavlat kishilar og‘ir mehnat bilan shug‘ullanishmaydi

Tomas Ko­rel­li 5 yil davomida badavlat kishilarning odatlarini o‘rgandi. Tadqiqot natijalari uning o‘zini ham ajablantirdi. Tadqiqot doirasida u yillik daromadi - 160 ming dollar, omonat summasi - 3,2 million dol­la­rdan oshuvchi va 5 ming dollargacha mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan kishilarni badavlat, deb hisoblaydi. Korelli quyidagi xulosalari bilan bo‘lishadi:
  • To‘liq ish kunida mehnat qilgan, haftasiga 50 va undan ko‘p soat ishlagan xodimlar orasida badavlat kishilar - 86 foizni, kambag‘allar - 57 foizni tashkil qilgan.
  • Badavlat kishilarning 65 foizi vaqtini shunday o‘tkazgan, zero ularning uch daromad manbai bo‘lgan. Nochorlarning 6 foizidagina daromad manbai bittadan ortiq bo‘lgan.
  • Badavlat kishilarning 67 foizi bir kunda bir soatdan kam televizor ko‘rgan bo‘lsa, 77 foiz kambag‘allar kuniga bir soatdan ko‘p vaqtini TV qarshisida o‘tkazgan.

7. Badavlat kishilar hech qachon xonavayron bo‘lishmaydi

Birorta badavlat kishi bu qonuniyatni engib o‘ta olmaydi: agar siz topayotgan pulingizdan ko‘p mablag‘ sarflasangiz, xonavayron bo‘lasiz. Bu tavakkal sarmoyalarga ham tegishli. Shuning uchun ham Xose Kan­se­ko, Mayk Tay­son, Mark Tven va hatto Uolt Dis­ney, Henri Ford hamda Donald Tramp ham qachonlardir bankrotlik haqida e’lon qilishgan.

Manba: Xabardor.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Badavlat kishilar haqidagi eng mashhur 7 "afsona"