Kamqonlik ko’plab sabablar tufayli yuzaga keladi. Yuz, lab, milklar rangining o’zgarishi, ko’zlar ostida ko’kimtir dog’larning paydo bo’lishi ushbu kasalliklarning asosiy belgilaridir. Shuningdek kamqonlikka duchor bo’lgan insonda toliqish, sovqotish, madorsizlik, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ishtahaning yo’qolishi kabi belgilar ham ko’p uchraydi. Teri quruq, tirnoqlar mo’rt bo’lib qoladi. Ushbu hastalikni davolashda ajoyib halqona usullar ham mavjud.
1.Sabzi va bodring sharbatini o’zaro aralashtirilib, yarim staakandan kuniga 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin 15-20 kun davomida ichib yuriladi.
2.Sabzini qirg’ichdan chiqarib, sutda qaynatib ichish ham kamqonlikda foydali.
3.Har kuni ovqatdan oldin qirg’ichlangan sabzini qaymoq bilan tanovul qiling.
4.Qizil lavlagini qaynatib oling-da, biroz shakar sepib yeyishga odatlaning.
5.Lavlagidan tayyorlangan vinegret salati ham qonni ko’paytiradi.
6.O’rik mevasidan ko’proq iste’mol qilish kamqonlikni davolaydi, yurakni baquvvat qiladi.
7.Uyqu oldidan bir hovuch mayizni stakanga solib, ustiga qaynoq suv quyiladi va ushbu damlama nahorga ichib, mayizlari tanovul qilinadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi