09:03 / 02.12.2017
33 071

Chaqaloqlar yig’isining sababi nima?

Chaqaloqlar yig’isining sababi nima?
Chaqaloqlar hayotining ilk oylarida haddan ortiq ko’p yig’laydilar va bu holat aksariyat ota-onalarni tashvishga soladi. Ba’zilar esa bolalar yig’isini odatiy hol deya baholagancha unga katta e’tibor qaratishmaydi. Shuni bilingki, chaqaloqlar hech qachon sababsiz yig’lamaydilar. Ularning nima sababdan yig’layotganlarini aniqlab olsangiz, ushbu holat yechimiga ham osonlikcha erishasiz.

1.Ochlik
Yig’ining eng asosiy sabablaridan biri – bolaning qorni ochib qolishidir. Bu o’rinda uning yig’isini bolani taomlantirish bilangina to’xtatish mumkin bo’ladi.

2.Onasidan uzoqlashish
Chaqaloqlar onasining hidini va qo’llarining iliq taftini juda yaxshi anglaydilar. Shu sababli vaqti-vaqti bilan onasi uni ko’tarib, erkalashi uchun atayin yig’lashadi. Bunday paytda bolani qo’lga olib, u bilan o’ynash, unga yonida ekanligingizni bildirish lozim.

3.Qorindagi og’riqlar
Bolakay dunyoga kelgandan keyin atrof-muhitga o’rganib olgunicha turli og’riqlar, xususan qorinning dam bo’lishidan aziyat chekadi. Agar u qo’l-oyoqlarini tipirchilatib, dodlab yig’lasa, uning qornini ohista harakatlar bilan uqalang, oyoqlarini yuqoriga ko’targancha gimnastika mashqlarini bajaring. Qorin ustiga iliq mato qo’yish ham ularni ushbu og’riqlardan halos etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Gulasal
Gulasal 14 мая 2020 12:12
Agar bola birinchi oyligida chinqirib kuchanib yiglasa va kindigi chiqib ketishi sabablari nimadan
Yangiliklar » Hayot uchun » Chaqaloqlar yig’isining sababi nima?