Jahon uyqu jamiyati "Kattalar uchun uyqu gigiyenasining 10 qoidasi"ni ishlab chiqdi. "Kun.uz"da aytilishicha, shu qoidalarga rioya qilinsa, uyqu bilan bog‘liq muammolar sizni chetlab o‘tadi.
1. Har doim bir vaqtda uxlash va uyg‘onishni odat qiling
Ko‘pchilik dam olish kunlari uyqudan kechroq turishga harakat qiladi. Biroq olimlarning fikricha, bunday beqarorlik tufayli bizning sirkad ritmimiz buzilishi mumkin ekan. Uyquni yaxshilash uchun har kuni bir vaqtda uxlashga yotib, bir vaqtda uyg‘onish tavsiya etiladi.
2. Charchoqni his qilsangiz, biroz mizg‘ib oling
Biroz mizg‘ib olsangiz, o‘zingizni yana tetik his qila boshlaysiz. Biroq shuni ham inobatga olish kerakki, peshindan keyingi uyqu 45 daqiqadan oshmasligi kerak.
3. Zararli odatlardan voz keching
Mutaxassislar spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik va hech bo‘lmaganda, uxlashga yotishdan 4 soat oldin chekmaslikni tavsiya qilishadi. Bu odatlardan butunlay voz kechsangiz, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yaxshi odatlar uyqu sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uyqu sifati unga ketgan vaqtdan-da muhim ahamiyatga ega.
4. Kofein iste’molini qisqartiring
Jahon uyqu jamiyati tavsiyalariga ko‘ra, uxlashga yotishdan kamida 6 soat avval kofein iste’molini to‘xtatish kerak. Shuni yodda tutingki, u nafaqat qahvada, balki choy, gazli ichimliklar va hatto shokoladda ham bor.
5. Uyqu oldidan to‘yib ovqatlanmang
Yengilgina tamaddi qilish mumkin. Biroq uxlashga yotishdan 4 soat avval og‘ir, achchiq taomlar va shirinliklar iste’molidan saqlanish lozim.
6. Uyqu oldidan sport bilan shug‘ullanmang
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanish kerak. Biroq uxlashga yotishdan oldin jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uning sifatiga ziyon yetkazishi mumkin.
7. O‘zingizga qulay to‘shaklarni tanlang
Agar tun yarmida isib ketib uyg‘onsangiz, demak, odatiy yopinuvchi to‘shagingizni almashtirishingiz kerak. Bu eng avvalo o‘zingizning salomatligingiz uchun yaxshi.
8. Yotoqxonani shamollating
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot davomida ma’lum bo‘lishicha, deraza ochiq bo‘lgan xonada uxlash uyqu sifatini yaxshilar ekan. Agar xonada konditsioner bo‘lsa, uyquga muvofiq haroratni tanlang. U odatiy haroratdan bir necha daraja past bo‘lishi kerak.
9. Chalg‘ituvchi shovqin va yorug‘likdan xalos bo‘ling
Yotoqxonada mavjud elektronika sizning to‘yib uxlashingizga xalaqit berishi mumkin. Masalan, yonib o‘chuvchi raqamli soatlar, o‘chirilmagan kompyuter va albatta, televizor.
10. To‘shakda boshqa ishlar bilan shug‘ullanmang
Smartfon yoki noutbuk yordamida to‘shakda yotgan joyimizda kelayotgan xabarlarga javob berishimiz mumkin. Biroq bunday odat bu joyning ish bilan bog‘lanishiga olib kelishi mumkin. Bunday qilmaslikka harakat qiling, to‘shak uxlash uchun mo‘ljallangan.
Yuqoridagi qoidalarga rioya qilib, uyqu sifatini yaxshilaysiz, shuningdek to‘yib uxlamaslikka chek qo‘yasiz. Uyqusizlik esa sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...