Hayotda kishilar uchun ish va majburiyatlar shunchalik ko‘pki, hatto vaqtning o‘tgani ham bilinmaydi. Bunday notinchlikda hissiy va ma’naviy osudalikni osongina unutish mumkin. Lekin baxtli inson bo‘lish uchun doimo o‘sish va o‘zgarish zarurdir. Shuning uchun, siz o‘zingiz va hayotingizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilishga harakat qiling.
1. Tartibli bo‘ling.
Agar siz kuningizni to‘g‘ri tashkil qilsangiz, o‘zingizni xotirjam sezasiz va o‘zingizga nisbatan ishonchingiz ham ortadi. Yaxshi maslahat: eng qiyin va ko‘p vaqt oluvchi vazifalar bilan ertalab shug‘ullaning. Agar bu ishni keyinga qoldiradigan bo‘lsangiz, bu yuk sizga tinchlik bermaydi va sizning kayfiyatingizni buzadi.
2. Ko‘nikmalaringiz ustida ishlang va yangilariga ega bo‘ling.
Buning uchun hozirgidan ko‘ra yaxshiroq va joy yo‘q. Gitara chalishni yoki inglizcha gapirishni o‘rganish uchun o‘zgacha yoki yuksak bir kunni kutishning hojati yo‘q. Birinchi qadamni tashlang: gitara sotib oling yoki xorijiy tillarni o‘rganish uchun ro‘yxatga yoziling. Shunday qilsangiz, bir necha yil davomida orzu qilib yurgan orzularingiz tezroq ushaladi.
3. Do‘stlaringiz bilan kelishing.
Agarda hozirni o‘zida sizda musiqa asbobini olish uchun pul bo‘lmasa yoki kurslar bir oydan so‘ng boshlanadigan bo‘lsa, o‘z harakatsizligingizni bu bilan oqlamang. Shubhasiz, biror bir do‘stingiznikida bo‘sh va ishlatilmay turgan gitara bor bo‘lishi kerak. Yoki qaysidir do‘stingiz xorijiy tillarni yaxshi biladi. Yordam uchun ularga murojaat qiling.
4. O‘qing, o‘qing va yana o‘qing.
Qanday janrda bo‘lsa ham iloji boricha ko‘p kitob o‘qing. Kitoblar sizga dunyoqarashingizni kengaytirishga yordam beradi, o‘ylantirishga majbur qiladi va hayotda sizga asqotadigan tajriba to‘plash imkonini beradi. Agar o‘qishni nimadan boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, yaqin do‘stlaringizdan maslahat so‘rang.
5. Har kuni mashqlar bajaring.
Eng katta xato – bu mashqlarni yoqimsiz va qiynoqli mashg‘ulot sifatida qabul qilish. Siz keyingi kuni to‘shakdan turolmay qoladigan darajada jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishingiz shart emas. Eng oddiy mashqlarni me’yorda bajaring: o‘tirib turish, sakrash, cho‘zilish. Asosiysi, bularni har kuni bajaring. Misol uchun, birinchi kuni yuguring, ikkinchi kuni – tennis o‘ynang, uchinchi kuni – gimnastika bilan shug‘ullaning. Mashg‘ulotlarni majburiyat sifatida emas xobbi sifatida qabul qiling. Va bir necha hafta o‘tgach, jismoniy mashqlarga nisbatan munosabatingiz yaxshi tarafga o‘zgaradi.
6. O‘zingiz yaxshi ko‘rgan sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qiling.
Ha, siz bu maslahat haqida ming marta eshitgansiz va u umuman o‘ziga xos emas, lekin baribir bu judayam muhim. Oziq-ovqat tanangiz uchun foydali bo‘lishi yoki zarar keltirishi mumkin. Agar siz chips o‘rniga meva yeyishga ko‘niksangiz, buning farqini bilasiz.
7. Suv iching.
Siz qanchalik ko‘p suv ichsangiz, charchoqni shunchalik kam his qilasiz, ichki organlaringiz va ovqatni hazm qilishingiz yaxshilanadi, vazningiz ham normallashadi. Suv gazli suv yoki qaxvadan ko‘ra foydaliroq va chanqoqni yaxshiroq qoldiradi.
8. Insonlarni maqtang.
Atrofdagilarni baxtli qilsangiz, o‘zingizni ham yaxshiroq his qila boshlaysiz. Ayniqsa, siz g‘amxo‘rlik qiladigan, siz uchun muhim bo‘lgan insonlarga yoqimli so‘zlar gapiring. Baxt yuqumli hisoblanadi. O‘z minnatdorligingizni ko‘rsating. Agar siz kimnidir qaysidir vazifani yaxshi bajarayotganini ko‘rsangiz, bunga e’tibor bering va unga buni ayting. Shunda uning ham, sizning ham kayfiyatingiz ko‘tariladi.
9. Kuling.
Tez-tez va ko‘proq kuling. Siz kulayotganingizda, tanangiz endorfin, ya’ni baxt gormonlarini ishlab chiqarishni boshlaydi va hayotga munosabatingiz yaxshi tarafga o‘zgaradi. Salbiy his-tuyg‘ular sizga muammolarni yengishda yordam bera olmaydi, aksincha, sizga faqat xalaqit beradi. Tabassum bilan siz o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz va odamlar ham sizga javoban tabassum qilishadi.
10. Yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling.
Qancha vaqtingizni turmush o‘rtog‘ingiz va bolalaringiz bilan o‘tkazasiz? Javobingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u baribir yetarli bo‘lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda ota-onalar ish bilan band bo‘lib, bolalari bilan uxlashdan oldin ikki soatgina birga bo‘lishadi. Vaqtingizni ko‘proq birga o‘tkazing, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang, bir-biringizga g‘amxo‘rlik qiling. Farzandlaringiz hayotida yanada faol ishtirok eting.
11. Atrofingizga o‘zingiz ma’qul keladigan insonlarni yig‘ing.
O‘ylab ko‘ring, atrofingizdagilardan ba’zilari hayotingizga salbiylikni olib kirmayaptimi? Sizning ishlashingizga xalaqit bermayaptimi? Unutmang, salbiy kayfiyatdagi odamlar bilan hech kim baxtli bo‘la olmaydi. Sizni rag‘batlantiradigan va ruhlantiradigan kishilar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qiling.
12. Oldingizga aniq maqsadlar qo‘ying.
Hozir gap faqat ish haqida emas, mansab va yutuqlar muhim ahamiyatga ega bo‘lsa ham. O‘tayotgan kuningizni o‘zingizni va oilangiz a’zolarini qanday qilib yanada baxtliroq qilish mumkinligi haqidagi g‘oyalar bilan boshlang. Bu dunyoga siz qanday yaxshilik keltira olasiz? Shaxs bo‘lib o‘sish uchun o‘z oldingizga ana shunday maqsadlar qo‘ying.
13. Boriga shukur qiling.
Siz ega bo‘lishni istagan narsalar har doim ham siz istaganday bo‘lmasligi mumkin. Muhimi, o‘z orzularingiz va maqsadlaringiz sari harakat qiling, agar ularga erisholmagan bo‘lsangiz, bundan tashvishlanish kerak emas. Bilingki, sizda bor narsa ayrim odamlarda yo‘q, lekin ular baribir o‘zlarini baxtli hisoblashadi. Agar siz har kuni boriga shukr qilib yashasangiz, o‘z hayotingizni ko‘proq qadrlay boshlaysiz.
14. Yodda tuting, hammasi o‘tib ketadi.
Hayotda qiyinchiliklar, omadsizliklar bo‘ladi va siz o‘zingizni g‘amgin his qilishingiz mumkin. Bularning hammasidan xalos bo‘lib olg‘a harakat qilish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun o‘zingizdan so‘rang, bu muammo, siz uchun bir yil, besh yoki o‘n yildan keyin biror bir ahamiyatga ega bo‘ladimi? Hamma narsa o‘tadi va tez orada siz bu muvaffaqiyatsizliklar haqida unutasiz. Qiyin kunlar bo‘lsa shu haqda eslang.
Siz hayotda imkon qadar yaxshiroq yashashga harakat qiling.
FARZONA tayyorladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi