
Bugun “Barselona” safarda Madridning “Real” jamoasiga qarshi La Liga o'ninchi tur uchrashuvini o'tkazadi. “El klasiko” bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.
Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Diario AS nashri taxminiga ko'ra, “Barselona” hujumida birinchi daqiqalardan Ferran Torres harakat qiladi.
Chap qanotda Markus Reshford, o'ngda Lamin Yamal maydonga tushadi. Hujum ortida Fermin Lopes to'p suradi, markaziy yarim himoyada Pedri hamda Frenki de Yong o'ynaydi.
Himoya chizig'ida Alejandro Balde, Erik Garsiya, Pau Kubarsi va Jyul Kunde saf tortadi. Darvoza posboni sifatida Voytsex Shesni harakat qiladi.
Hozirda “Barselona” turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Kataloniyaliklar “Real”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar