“Manchester Yunayted” 16 ochko bilan “Liverpul”ni ortda qoldirdi

Angliya Premyer-ligasining to‘qqizinchi turidan keyin “Manchester Yunayted” turnir jadvalida “Liverpul”dan o‘zib ketdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
“Manchester Yunayted” “Brayton” ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng 16 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Klub ochkolar bo‘yicha “Manchester Siti” bilan tenglashdi.
“Liverpul” esa ketma-ket to‘rt mag‘lubiyatdan so‘ng oltinchi pog‘onaga tushib ketdi. Jamoa ushbu tur yakuniga ko‘ra, yana pastga tushishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Liverpul” so‘nggi 4,5 yil ichida ilk bor APLda ketma-ket to‘rt uchrashuvda yutqazdi. Arne Slot jamoasi oxirgi olti o‘yinda barcha musobaqalarda besh mag‘lubiyatga uchradi.
Keyingi, o‘ninchi turda “Liverpul” 1 noyabr kuni o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qiladi. Shu kuni “Manchester Yunayted” esa safarda “Nottingem Forest”ga qarshi o‘ynaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Manchester Yunayted” “Brayton” ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng 16 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Klub ochkolar bo‘yicha “Manchester Siti” bilan tenglashdi.
“Liverpul” esa ketma-ket to‘rt mag‘lubiyatdan so‘ng oltinchi pog‘onaga tushib ketdi. Jamoa ushbu tur yakuniga ko‘ra, yana pastga tushishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Liverpul” so‘nggi 4,5 yil ichida ilk bor APLda ketma-ket to‘rt uchrashuvda yutqazdi. Arne Slot jamoasi oxirgi olti o‘yinda barcha musobaqalarda besh mag‘lubiyatga uchradi.
Keyingi, o‘ninchi turda “Liverpul” 1 noyabr kuni o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qiladi. Shu kuni “Manchester Yunayted” esa safarda “Nottingem Forest”ga qarshi o‘ynaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…