11:15 / 01.06.2018
5 098

Hayotimizni 99 foiz nazorat qiluvchi “foydasiz xayollar”...

Ҳаётимизни 99 фоиз назорат қилувчи "фойдасиз хаёллар"...
Foto: Medium
Falsafaning pragmatizm va funksionalizm oqimlari asoschilaridan biri va yetakchi namoyondasi, Amerika faylasufi va ruhshunosi Uilyam Jeymsning shunday gapi bor: “O‘ylarimizning 99 foizi umuman foydasiz, biroq ular baribir hayotimizni nazorat qiladi. Ko‘pchilik fikr yurityapman, deb o‘ylaydi, biroq aslida eski bid’atlarni yangi tartibga qo‘yadi”.

Odatiy fikr va xavotirlaringizni eslang:

- Qiziq, boshlig‘im men haqimda nima deb o‘ylar ekan?

- Ishimni yo‘qotsam, nima qilaman?

- U meni sevarmikan?

- Menimcha, uning men bilan ishi yo‘q.

- Qo‘limdan hech nima kelmaydi.

- Nima uchun hayotimda hamma narsa yomon?

- Saraton kasalligi bilan og‘rib qolsam nima bo‘ladi?

- Ishim o‘zimga yoqmaydi, muammo o‘zimdamikin?

- Pulim uchma-uch zo‘rg‘a yetadi, muammo nimada ekan?

Ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. Bunday fikrlarning qanday foydasi bor? Hech qanday. Xayollarimizning 99 foizi befoyda.

Shunga qaramay, ko‘pchilik fikr yuritish tarzini o‘zgartirishni imkonsiz, deb hisoblaydilar. Ular o‘zlarini oqlab, shunday deydilar: “O‘zimni o‘zgartira olmayman”, “Bu haqida o‘ylashni bas qilolmayman”.

Aslida buning uchun bor-yo‘g‘i amaliyot talab etiladi. Bu ham boshqa ko‘nikmalarga o‘xshash.

“Zo‘riqishga qarshi yaxshi qurol – bir fikrning o‘rniga boshqasini afzal ko‘rish”, degan edi Uilyam Jeyms.

Boshqacha qilib aytganda, biz nima haqida o‘ylash, nima haqida o‘ylamaslikni o‘zimiz hal qilishimiz mumkin.

Qanday fikrlar foydali ekan?

Muammolaringizni yechish haqida o‘ylang. Muammo – hozircha javob topilmagan masala xolos.

Olingan bilimlarni o‘zlashtirishga harakat qiling va hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun ulardan qanday foydalanish mumkinligini o‘ylab ko‘ring.

Qolganlariga esa e’tibor bermasa ham bo‘ladi. Axir, biz ko‘pincha shu qadar ko‘p o‘ylaymizki, hayot o‘tib ketayotganini sezmaymiz. Siz bugun tongda quyosh qanday charaqlayotganini ko‘rdingizmi? Qahva ifori yoki yomg‘irning shovqiniga e’tibor berdingizmi?

Agar yo‘q degan bo‘lsangiz, miyangizdagi fikrlarga bu qadar ko‘p vaqt ketkazishni bas qiling. O‘ylashni bas qilib, yashashni boshlang.

Qanday qilib judayam ko‘p o‘ylashni bas qilish mumkin?

Muhimi –aql bilan anglash. Har kuni befoyda fikrlarga chalg‘iganingizni payqashga harakat qiling. Fikr yuritish tarzingizni kuzatib ko‘ring. O‘zingizga shunday deng: “Bu bor-yo‘g‘i yana bir fikr. Endi esa haqiqatga qaytaman”.

Bu haqda Uilyam Jeyms shunday deydi: “Agar fikr yuritish tarzini o‘zgartirsangiz, hayotingizni ham o‘zgartirasiz”.

Qani, o‘xshayaptimi? Ko‘zlaringiz ekrandagi matn bo‘ylab harakatlanayotganini his qilyapsizmi? Olingan ma’lumotni hayotda qanday qo‘llash haqida o‘ylayapsizmi?

Barakalla. Ana endi siz fikrlash qobiliyatingizdan foydalanyapsiz, aksincha u sizdan emas.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotimizni 99 foiz nazorat qiluvchi “foydasiz xayollar”...