Jazirama ob-havo sharoiti fonida hatto juda sifatli va foydali oziq-ovqat mahsulotlari ham sog‘liq uchun xavfli shaklga kirishi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi mikroorganizmlar yuqori harorat sharoitida tez ko‘paya boshlaydi. Bu ayniqsa oqsil va uglevodlari ko‘p bo‘lgan mahsulotlarga tegishli, deyiladi Kun nashrida.
Shunday qilib, issiq yoz kunlarida sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar quyidagilar:
Pishiriqlar. Shifokorlar, eng avvalo, nachinkali pishiriqlarga alohida e’tibor qaratishni maslahat berishmoqda. Masalan, go‘sht yoki tvorogga tushgan bakteriyalar ularda juda tez ko‘paya boshlaydi. Kremli pishiriqlar ham shular jumlasiga kiradi. Shuning uchun yozda tashqaridan tayyor pishiriqlarni sotib olmagan ma’qul.
Kolbasa, tovuq go‘shti va pashtet. Bu mahsulotlarni xarid qilar ekansiz, ularni saqlash muddati va sharoitlariga e’tibor bering. Agar bu mahsulotlar muzlatgichdan tashqarida saqlanayotgan bo‘lsa, ularni sotib olmang.
Baliq. Ayniqsa, yapon taomlariga taalluqli. Ekzotik taomlarni yoqtiruvchilar yozgi mavsumda bunga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Yuqori harorat ta’siri ostida baliq go‘shtidagi bakteriyalar juda tez ko‘payadi.
Tayyor salatlar. Do‘kon yoki umumiy ovqatlanish joylarida salat xarid qilayotib, uning tarkibiga e’tibor bering. Agar ingridiyentlar orasida baliq, tovuq go‘shti, pomidor, mayonez bo‘lsa, yanada ehtiyot bo‘ling. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda