23:27 / 10.07.2018
5 602

Siz uchun: "Hayotning barcha yo‘nalishlariga ta’sir etuvchi 30 ta foydali odat"

Сиз учун: "Ҳаётнинг барча йўналишларига таъсир этувчи 30 та фойдали одат"
Maqsadlarga erishish, yaqinlar bilan munosabatlarni yaxshilash va o‘z-o‘zingiz bilan uyg‘unlikda yashashni qanday qilib osonlashtirish mumkin?

Tadbirkor Liz Xyuber (Liz Huber) unga muvaffaqiyatli va samarali inson bo‘lishiga yordam bergan eng muhim odatlar ro‘yxatini tuzdi.

Biroq dastlab yangi odatlarga qanday qilib o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etishni yodga olamiz:

O‘z odatlaringizni modellashtiring.Haftasiga uch marta yugurish bilan cheklanmang. Bir kunni tanlang va uni kalendarga kiriting. Keyin belgilangan grafikka amal qiling.

Trigger yarating. Masalan, uyg‘otgich, kalendardagi eslatma yoki muayyan harakat (transportga o‘tirish yoki uyga kirish). Vaqt o‘tishi bilan miya bu muayyan odatga bog‘liq ekanini eslab qoladi.

Uch hafta davomida bir kunni ham qoldirmang. Bu vaqt davomida odatlar ilgari shakllanadi. Keyin esa u avtomat harakatga aylanadi.

Odatlarni bittadan qo‘shib boring. Bir vaqtning o‘zida bir nechtasiga qo‘l urmang. Avvalgisi mustahkam bo‘lib olgach, keyingisiga o‘ting.

Munosabatlar
1. Agar turmush o‘rtog‘ingiz bilan anchadan beri birga yashayotgan bo‘lsangiz, haftada bir marta uchrashuvga chiqishni unutmang. Bu kundalik ishlardan uzoqda muloqot qilish va aloqalaringizni mustahkamlash imkonini beradi. Uyda kechani birga o‘tkazish buning uchun to‘g‘ri kelmaydi.

2. Ota-onangizdan tez-tez xabar oling. Har kuni bir marta qo‘ng‘iroq qiling.

4. Sizga qancha muloqot yetarli ekanini aniqlang. Agar introvert bo‘lsangiz, haftasiga bir marta yaxshi do‘st bilan birga ovqatlanish, dam olish kunlarini esa oila bilan o‘tkazish yetarli bo‘ladi. Agar ekstravert bo‘lsangiz, haftasiga bir necha marta qayergadir borsangiz, dam olish kunlari do‘stlar kompaniyasi bilan yig‘ilsangiz bo‘ladi.

5. Haftada bir kunni yoki dam olish kunining bir qismini yaqinlaringizni borib ko‘rish uchun ajrating. Masalan, shahar chekkasiga chiqing, konsertga boring yoki sport o‘yinlarini o‘ynang. Bu munosabatlarni mustahkamlaydi.

6. Har hafta beshta yangi inson bilan tanishishga harakat qiling. Yoki o‘nta, yoki hech bo‘lmaganda bitta. Bu hozir sizga muloqot doirasini kengaytirish qay darajada zarur ekaniga bog‘liq.

Qalb muvozanati
7. Tongda xotirjamlikka ega bo‘lish uchun meditatsiya qilishni odat qiling. O‘zingizni muvaffaqiyatga sozlash uchun ijobiy tasavvurni ishga soling.

8. Tongda o‘rningizni to‘g‘rilang. Bu samaradorlikka o‘z hissasini qo‘shadi.

9. Salbiy fikrlar, qo‘rquv va xavotirni “qo‘yib yuborish” uchun kuniga bir necha daqiqa ajrating. Ularni tan oling, nima qilish mumkinligini hal eting va ushbu harakatlarni rejalashtiring. Kun davomida bunday fikrlarga vaqt ajratmang.

10. Kundalik tashvishlardan kuniga yarim soat yoki bir soat xoli bo‘ling. Tabiat qo‘yniga chiqing, yoga bilan shug‘ullaning, kitob o‘qing yoki yaqinlaringiz bilan birga bo‘ling.

11. Sizga quvvat beradigan narsaga kunda vaqt ajrating. Masalan, qiziqarli inson bilan suhbat, ijobiy film, g‘aroyib kitob, bir finjon sevimli choy.

12. Kundalik ishlarni yangichasiga bajaring: noma’lum taomni tayyorlang, ishga boshqa yo‘ldan boring, tishlaringizni bir oyoqda turgan holda yuvib ko‘ring. Xilma-xillik miya uchun foydali.

13. Hafta so‘ngida uylarni tozalang. Telefon va kompyuterdagi ortiqcha narsalardan xalos bo‘ling. Keraksiz suratlar, xabar va ilovalarni o‘chirib tashlang. Atrofdagi tartib fikrlardagi tartibga yordam beradi.

14. Har kuni kechki payt nima uchun shukrona aytishingizni yozing. Yana uxlashga xalaqit berayotgan yig‘ilib qolgan fikrlarni ham “chiqarib tashlang”.

15. Xotirjam bo‘lishga yordam beradigan kechki odatga ega bo‘ling. Masalan, barcha elektron qurilmalarni o‘chiring, dush qabul qiling, bir finjon choy iching, kundaligingizga yozing, kitob o‘qing. Vaqt o‘tishi bilan bu odat miya uchun uyqu rejimiga o‘tish signalini anglatadi.

Muvaffaqiyat
16. Kelasi haftani yakshanba kunidan rejalashtiring. Ana o‘shanda dushanba kuni ishga kirishish oson bo‘ladi. Siz qaysi ishni birinchi bo‘lib boshlashni darhol bilasiz.

17. Qulaylik zonasidan chiqing. Aynan uning tashqarisida g‘aroyib ishlar sodir bo‘ladi.

18. Barcha muhim ishlarni tongda bajaring. Bu ishyoqmaslikni yengib o‘tishda yordam beradi. Ishingiz qay darajada murakkab bo‘lmasin, uni darhol o‘rganish va yoqimsiz onlarni ortga surmaslik zarur.

19. Pochta bilan ishlash uchun maxsus vaqt ajrating. Shunday qilsangiz, har bir yangi xabarga chalg‘imaysiz va muhim ishlarga diqqatingizni qarata olasiz.

20. Dam olishni unutmang. Kun davomida tanaffuslar qiling, ishdan bo‘sh vaqtda yaxshi xordiq chiqaring, vaqti-vaqti bilan ta’til oling. Bu quvvat olish va narsalarga boshqa tomondan qarash imkonini beradi.

21. Kichik g‘alabalarni nishonlang. Biroz tin olib, nimaga erishganingizni eslang. Aks holda bir xillik oqimiga tushib qolib, g‘alabalarni sezmay qolasiz.

22. O‘z fikrlaringiz bilan o‘ralashib qolmang. Harakatda bo‘ling. Mukammallikka intilib ishni ortga surgandan ko‘ra, yaxshisi biror narsani ideal bo‘lmasa-da, oxirigacha amalga oshirgan ma’qul.

Rivojlanish
23. Shaxsiy rivojlanish uchun maslahatlarga ega bo‘lish uchun podkastlar tinglang. Buni ishga ketish yo‘lida, tozalash va ovqat tayyorlash vaqtida amalga oshirish qulay.

24. Serial va televizion ko‘rsatuvlar o‘rniga hujjatli film, vebinar va turli mavzularda ta’lim beradigan videolar tomosha qiling. Bu sizga biroz xotirjam bo‘lish imkonini beradi. Vaqt o‘tishi har kuni bilim olish odatga aylanadi.

25. Mutolaa qiling. Masalan, uyqudan oldin. Bu tinchlanishga yordam beradi. Dam olish kunlarida o‘qish va audiokitoblarga ko‘proq vaqt sarflang.

26. O‘tgan hafta yakunlarini o‘rganing. Buning uchun yakshanba kuni bir necha daqiqa sarflang. Nima yaxshi o‘tgani, qanday muammolar bilan yuzma-yuz kelganingiz, kelasi hafta nimani o‘zgartirish kerakligini o‘ylab ko‘ring. Kelasi haftani yangidan boshlang.

Salomatlik
27. Har kuni sakkiz soat uxlang. Yoki miriqib uxlashingiz uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha uxlang.

28. Sport bilan har kuni shug‘ullaning. 15 daqiqa terlash kifoya. Yuragingiz buning uchun sizdan minnatdor bo‘ladi.

29. Aql bilan iste’mol qiling. Ovqatlanish vaqtida boshqa mashg‘ulotlarga chalg‘imang. Televizor ko‘rmang va xabarlarga javob bermang. Taom mazasiga diqqat qarating va har bir bo‘lakdan lazzatlaning. Yarim porsiyani yeb bo‘lgach, to‘xtang. Ochlik hissi qolgan-qolmaganini tushunishga harakat qiling. Agar yo‘q bo‘lsa, ko‘p yeb yubormang.

30. To‘g‘ri ovqatlaning. Yarim tayyor mahsulotlarni emas, yangi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz uchun: "Hayotning barcha yo‘nalishlariga ta’sir etuvchi 30 ta foydali odat"