date

Apple Watch Ultra 3 taqdim etildi: sun’iy yo‘ldosh, 42 soat quvvat va eng katta ekran

Apple Watch Ultra 3 taqdim etildi: sun’iy yo‘ldosh, 42 soat quvvat va eng katta ekran

Apple o‘zining eng kuchli va ilg‘or aqlli soati — Apple Watch Ultra 3’ni rasman taqdim etdi. Bu haqda Rozetked xabar berdi. Ushbu model nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki ichki imkoniyatlari bilan ham avvalgi versiyalardan sezilarli darajada ustun.

Eng asosiy yangiliklardan biri — sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa. Endi foydalanuvchilar mobil tarmoq bo‘lmagan hududlarda ham aloqa imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Hozircha bu funksiyadan faqat AQShda foydalanish mumkin va uch yil davomida bepul taqdim etiladi.

Yangi ekran yanada yorqin va nozik ramkalar bilan ishlab chiqilgan. Always-On rejimi esa 1 Gs yangilanish tezligida ishlaydi, bu esa quvvatni tejashda muhim ahamiyatga ega.

Soat bir marta quvvat bilan 42 soatgacha ishlaydi — bu Apple Watch tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Sog‘liq monitoringi ham rivojlangan: gipertoniya xavfi haqida ogohlantirish, yangilangan “Trening” ilovasi va Workout Buddy sun’iy intellekt yordamchisi qo‘shilgan.

Shuningdek, qo‘l harakati orqali boshqarish, chuqurlashtirilgan uyqu tahlili kabi funksiyalar ham mavjud. Soatning korpusi titandan tayyorlangan, ikki xil rangda: qora va tabiiy.

Yangi modelning boshlang‘ich narxi — 799 dollar, sotuvlar 19-sentabrdan boshlanadi. Sizga bu funksiyalar ichida qaysi biri eng kerakli tuyulyapti?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple Watch Ultra 3 taqdim etildi: sun’iy yo‘ldosh, 42 soat quvvat va eng katta ekran