Apple nihoyat iPhone 17 bazaviy modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda Rozetked xabar berdi. Bu gal Plus versiyasi bo‘lmaydi, uning o‘rnini yangi iPhone Air egallagan. Biroq bu iPhone 17’ni o‘z kuchidan mahrum qilmaydi.
Eng kutilgan yangilik — 120 Gs ProMotion ekran. Apple bazaviy modelga ham yuqori yangilanish chastotasini olib keldi. Ekran hajmi ham biroz oshgan — endi 6.3 dyuym, yorqinligi esa 3000 nit gacha yetadi.
Shuningdek, Apple yangi avlod himoya oynasini taqdim etdi — Ceramic Shield 2. U tirnalishga ikki barobar chidamli.
Yurakda esa yangi A19 chipi joy olgan (Pro emas). Apple ma’lumotlariga ko‘ra, video ishlov berish 20% ga yaxshilangan.
Akkumulyator sig‘imi oshkor etilmadi, lekin kompaniya video ko‘rish vaqti 8 soatga ortganini ta’kidladi.
Eng arzon versiya endi 256 GB xotira bilan chiqadi (ilgari 128 GB edi), narxi esa 799 dollar. Savdolar 19-sentabrdan boshlanadi.
Nihoyat, Apple oddiy foydalanuvchilarga ham sifatli ekran taqdim etdi. Siz bu modelni kutgan edingizmi?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!