09:53 / 04.09.2018
7 429

Nomahram... (5-qism)

Nomahram... (5-qism)
— Voy, dadasi-yey, qizingizning sogʻinganini aytmaysizmi!.. Ketganingizdan beri koʻz yummadi. Boyagina zoʻrgʻa uxlatib qoʻydim. — Hamida yasama iltifotlar bilan ogʻu qoʻshilgan bir kosa ovqatni sekin kelib Matnazarning oldiga qoʻydi. — Oling, dadasi, atayin siz uchun tay±rladim bu ovqatni. Yemasangiz, xafa boʻlaman… Agar istasangiz, ovqatdan… Ukangizgayam bervoray-a?..

Matnazar yalt etib Hamidaga qaradi. Negadir uning koʻzlari bejodek edi. Ustiga ustak eri koʻzlariga boqishi bilan u darhol boshini egib oldi…

— Matnazar, hov Matnazar!.. — endigina qoʻliga qoshiqni olib kosaga engashgan ham ediki, koʻcha tomonda kimdir chaqirgandek tuyuldi.

— Ha-a, hozir! Mana, ketyapman!..

— E, bemalol ovqatlanishgayam qoʻyishmaydi-ya!.. —norozi toʻngʻillab qoʻydi Hamida. — Qoʻying, chaqirsa oʻlib ketmaydimi kim boʻlsayam!?. Ovqat sovib qoladi.

— Dadangmasmikan ishqilib? — Matnazar ehti±tkorlik bilan oʻrnidan turib koʻcha tarafga koʻz tashlagan boʻldi. — Poylab kelgan boʻlmasin tagʻin?

— Dadam keladigan boʻlsa, chaqirib oʻtirmay oʻzi kirib kelaveradi. Keling, ovqatga qarang!.. Bironta ogʻaynilaringizdandir-da!..

— Toʻxta, men chiqib xabar olay-chi!..

U shoshilmasdan yurib borib kesak devordan koʻchaga moʻraladi.

— E, Qulmat, senmiding? Kiravermaysanmi chaqirib oʻtirmay!?. — Matnazar xoʻppa semizgina, past boʻyli, qisiq koʻz doʻstini koʻrib qoʻl siltadi. — Nima, begonamiding? Kelib yurgan joying-ku!..

— Sen uydamisan-yoʻqmi deb oʻyladim-da!.. — Matnazar eshikni ochib tashqariga qadam qoʻygani zahoti quchogʻini ochdi Qulmat. — Harqalay, hamma gapdan xabarim bor.

— Toʻgʻrisi, oshna, birrovga kelgandim. Anavi qoʻymadi yuring deyaverib…

— Menga qara, qaynotang qarzini qistab qoʻyma±tganmish deb eshitib qoldim. Toʻgʻrimi?

— Ha, ana, uyniyam buzishni boshlab yuboribdi qari tulki.

— Yoʻgʻ-e, uyni nimaga buzadi?

— Bilmadim…

— Ja boʻshsan-da oʻzingam!.. — Matnazarni koyigan boʻldi Qulmat. — Shuncha gap-soʻz oʻtibdi. Bormaysanmi qimorxonaga, menga bir ogʻiz shipshitmaysanmi?!. Oʻzim kelmasam yuraverarkansan-da indamay-a?..

Matnazar indamay boshini egdi.

— Endi gap munday. — davom etdi Qulmat va qoʻynidan bir dasta pul chiqardi. — Manavi ikki yuz ming soʻm. Naqd. Mana shuni olgin-da, qaynotangning qarzidan qutul!..

— E, yoʻ-oʻq, — pullarni qaytadan Qulmatning qoʻliga tutqazdi Matnazar. — Men sendan pul ololmayman…

— Boshimni qotirmasang-chi!.. Ol degandan keyin olavermaysanmi?!.

— Axir… Qanday uzaman senga bu pullarni keyin…

— Ertaga ber demadim-ku!.. Qoʻlingga pul tushganda uzarsan… Aytgancha, menga qara, uylanibsan deb eshitdim… Qalay, yaxshimikan? Kelishganginamikan oʻzi?.. Yomonsa-an Matnazar!.. Qachon yuvamiz endi-a?..

— Fursati kep qolar…

— Boʻpti, sen darhol qarzingdan qutul, doʻstim!.. Uyingni buzdirib oʻtirasanmi?!. Pulini bergin-da, yana kelib uyingga ±pishsa, orqasiga tep! Kuching yetmasa, mana, meni chaqir, oʻzim tepishvoraman!.. Ha, keyin-chi… Shiypondan olib ket xotiningni!.. Bilib boʻladimi. Hozir ±mon odamlar koʻp… Yaxshi qol!..

Qulmat ketgach, Matnazar ostonada bir muddat tek turib qoldi. Shu lahzalarda hech narsaga aqli yetmasdi. Axir, Qulmat bilan bir sinfda oʻqigan boʻlsa-da, hech qachon oldi-berdi qilib koʻrmagan. Hatto, mundoq oʻtirib ulfatchilik ham qilmagan!.. Nega endi he yoʻq, be yoʻq qoʻliga pul tutqazib ketdi? Kim bilsin? Balki, haqiqatan ichi achishganidan shunday qilgandir?.. Qimorda qoʻli kelib qolgan boʻlsa, hotamtoyligi tutgandir balki?.. Ishqilib, oxiri baxayr boʻlsin!..

U shosha-pisha uyga kirib pullarni soʻrida mungʻaygancha oʻy surib oʻtirgan Hamidaning qoʻliga tutqazdi-da, dadasiga berib qoʻyishini tayinlab indamasdan chiqib ketdi…

* * *

Shiypon. Toʻrt tarafi ochiq ayvon oʻrtasiga Marhamat uvadasi chiqqan ikkita koʻrpani toʻshabdi. Sal nariga oʻgʻli uchun koʻrpacha ±zibdi. Oʻzi ±nboshlagancha yulduzli osmonga termulgan koʻyi xa±lga choʻmibdi…

Matnazar sekin kelib oʻringa ±nboshladi. Birpas ikkilanib turgach esa, har ehtimolga qarshi bolakay tomon koʻz tashlab qoʻydi-da, Marhamatni bagʻriga tortdi.

— Toʻgʻrisini aytsam, mana endi-endi xotin nima ekanini his etyapman. — dedi u shivirlab. — Tasavvur qilasizmi, choʻloq a±lni quchoqlash qanchalik ogʻir ekanini?.. Sal qattiq tegib ketsangiz, voy-voylab qolardi. Yo atayin shunday qilamikan-a?..

— Qaydam? — yelka qisdi Marhamat Matnazarning koʻksiga bosh qoʻyib. — Choʻloq boʻlib koʻrmaganman.

— Endi menga ochigʻini ayting, rostdanam eringiz yoʻqmidi?

Marhamat keskin boshini koʻtardi.

— Erim boʻlsa, shu yerlarda sizning ortingizdan ergashib yurarmidim? Yo er ustiga siz bilan nikohdan oʻtarmidim?..

— Achchigʻingiz kelmasin, shunchaki soʻradim-qoʻydim-da! — yupatgan boʻldi Matnazar. — Unda… Ha mayli, asosiysi, bugun anavi iflos qaynotamning jagʻini oʻchirdim. Qarzini berib keldim…

— Boplabsiz… — dedi Marhamat. — Harqalay, endi choʻlogʻingiz kelib bezovta qilmas?

— Kelib koʻrsin-chi!.. Lekin baribir… Bu shiypondan boshqa joyga koʻchishimiz kerak.

— Qayerga koʻchamiz?.. Moʻljallagan joyingiz bormi?..

— Bilmadim… Ertaga bir surishtirib koʻrishim kerak… Ha-a, esimga tushdi. Ertaga oʻsha menga pul bergan Qulmatdan soʻrab koʻraman. Yangi hovli quribdi deb eshitganim boridi. Balki, vaqtincha yashab turishimizga rozi boʻlar-a?..

— Bilmadim… Soʻrab koʻring-chi!..

— Yangi hovlisi qishloqdan ancha narida. Qulogʻimiz ham tinchirdi… Albatta surishtiraman… Harqalay, bolalar ikkita boʻldi. Shiyponda yashab kasal-pasal qib qoʻymaylik!..

* * *

Oradan bir hafta vaqt oʻtdi. Qulmat uyida yashab turishlariga negadir rozilik bildirmadi. Lekin bir yoʻl koʻrsatdi.

— Oshna, bu shaloq aravangni qoʻy! — dedi Matnazarga. — Ukangniyam bekorga qiynab yurma!.. Uni bolalar uyiga berish lozim. Oʻzing boʻlsang… Vey, menminan bir qimorga borib koʻr! Avval tomosha qilib yurasan. Choʻtal berib turaman. Koʻzing pishib, qimorning nima ekanini tushunib olganingdan keyin astagina davraga qoʻshilasan. Qara, men kam boʻldimmi?.. Mendagi pul-chi, oʻsha qari qaynotangdayam yoʻq, bildingmi?.. Xohlasam, doʻkon-poʻkoni bilan sotib olaman…

Matnazar avvaliga oʻylanib qoldi. Mardonni koʻzi qiymasdi. Nima boʻlganda ham ukasi. Unga qattiq suyanib qolgan. Bolalar uyiga bersa-yu, u yerda xor boʻlib qolsa, onasining ruhi uni kechirarmikan?.. Gap-soʻzga qolib ketmasmikan mahallada?..

— Sizga toʻgʻri aytibdi oʻrtogʻingiz. — dedi Marhamat bu gapni eshitgach. — Oʻzim ham shuni oʻylab yurgandim. Ikkalasiniyam beramiz. U yerda juda yaxshi qarashadi bolalarga. Keyin… Menam qayerdandir bir ish topib ishlardim. Bekorga kunni oʻtkazavermayman-ku, axir!.. Nima deysiz?..

— Ukamni koʻzim qiymayapti-da!..

— Nima, mening koʻzim qiyadi deysizmi?.. Sizning ukangiz boʻlsa, Shahri±r mening tuqqan bolam. Lekin nima qilaylik? Sharoitimiz shunday boʻlib turgandan keyin…

— Buni-ku, mayli, bir nima qilarmiz. — dedi Matnazar uzoq-uzoqlarga oʻychan termulib boqarkan. — Qulmatning boshqa bir taklifiyam chiqib qoldi-da!..

— Qanaqa taklif? Ishmi?

— Ha, ish. Qimorga taklif qilyapti meni.

— Qimorga?.. Voy, sizam qimor oʻynashni bilasizmi? — kulib yubordi Marhamat. — Men bilmagandim…

— Nimaga kulasiz?.. Kim aytdi sizga meni qimorni biladi deb?.. Qulmat: “Qimorxonaga qatna, men boshlanishiga choʻtal berib turaman, koʻzing pishgandan keyin davraga qoʻshilaverasan”, deyapti… Shunga boshim qotdi…

— Shungayam bosh qotirib oʻtiribsizmi? Oʻsha Qulmatingiz qarzingizdan qutultiribdi. Hammayam ikki yuz ming pulni qoʻlingizga tutqazib qoʻyavermaydi. Demak, oʻsha odam haqiqiy doʻst ekan sizga. Menga qolsa, boravering degan boʻlardim.

— Qoʻrqmaysizmi?..

— Voy, nimadan?

— Qimorboz boʻlib ketishimdan.

— Otam rahmatliyam qimor oʻynagan men sizga aytsam.

— Yoʻgʻ-e!

— Ha, oʻla-oʻlguncha qimor oʻynab oʻtdi. Ammo biror martayam yutqazib, borini sovurganini koʻrmaganman. Qachon qarasa, changali toʻla pul yurardi. Hamma qarindoshlarga ±rdam berardi…

— Sizga qoyilman! — Marhamatning uzun sochlarini silab erkaladi Matnazar. — Uncha-muncha xotin bunaqa maslahat bera olmaydi. Bunaqasini birinchi koʻrishim.

— Eh, dadasi, menam sizni odam boʻlsin, biri ikki boʻlsin deyman. Mana, koʻchada qolib sarson edim. Siz shu yerlarga opkelib jonimizga oro kirdingiz. Sizga ±monlik tilarmidim?!. Boravering, ajabmas, omadingiz kelib boyib ketsangiz…

— Aytganingiz kelsin!.. — oʻrnidan turib ketishga shaylandi Matnazar. — Men hoziroq borib Qulmatga javobini aytaman. Ertaga bolalarni shaharga oborib, bolalar uyiga joylashtiramiz…

— Qizchangizdanam xabar olib qoʻyavering! — deya maslahat berdi Marhamat. — Hamidaga ±mon gapirmang!.. Er bermoq, jon bermoq degan gap bor. Koʻnglini ovlab qoʻysangiz, olam sof!..

— Boʻpti, kirib oʻtarman…
(davomi bor)

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nomahram... (5-qism)