22:28 / 06.09.2018
13 214

Erta qarishning sabablari va choralari

Erta qarishning sabablari va choralari
Hamma insonlar ham keksayadi. Bu tabiat qonuni. Ammo qarilik deganda, tinimsiz ogʻrib turuvchi munkillagan tanagina emas, balki qalbning yoshlik holati ham nazarda tutiladi. Bu koʻngil holati biologik yoshga bogʻliq boʻlmasligi, 20 yoshga kirib qarigan tanalarni uchratish mumkin. Koʻngil qari boʻlsa — tana ham unga moslashib oladi.

Erta qarish sabablari va belgilari

Pasportda koʻrsatilgan yoshdan tashqari har bir inson uchun shaxsiy keksayish tempi — biologik yoshi mavjud. Olimlar ayrim insonlarni erta qarishi, ayrimlarini esa uzoq vaqtgacha navqiron qolishini allaqachon aniqlab ulgurishgan. Qarish tezligiga genetik sabablardan tashqari — stresslar miqdori va uning natijasida kelib chiqqan tashqi dunyoga boʻlgan nosogʻlom reaksiyalar taʼsir etadi. Erta qarishda emotsional kuyishning barcha belgilari: ipoxondriya, xavotirlilik va isteriyaga moyillikni kuzatish mumkin.

Boshqacha aytganda, Sizning atrofingizda sal narsaga baqirib, oyoqlarini depsintiradigan inson boʻlsa — bilingki bu “erta qarigan odam” hisoblanadi. Bunday insonlar esa hozirgi davrda oz emas. 38% rossiyaliklarning biologik yoshi pasport yoshiga nisbatan 7-9 yoshga katta. Ularning koʻpchiligi vazni ogʻirligi, tez-tez ogʻrishi va zaifligi bilan ajralib turadi. Olimlar “erta qarish” sabablarini aniqlashlari davomida, hayot tarzining bevosita taʼsiri borligiga eʼtibor qaratishdi. “Yosh qarilar” odatda yetarli maʼlumotga ega emasligi, kam pul ishlab topishi, kommunal uylarda yashashi, yomon ovqatlanishi, kam harakatlanishi va oʻz ishini koʻra olmasligi bilan ajralib turishi aniqlandi.

Xulosa, erta qarishning hayotdan qoniqish darajasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqligi bor. Erta qarishning boshqa sabablariga quyidagilar kiradi:

1. Hayotdan norozilik;
2. Harakatning kamligi;
3. Aqliy rivojlanishdan (oʻqishdan) ortda qolishi;
4. Oʻqish va ilm olishdan toʻxtab qolish.

Erta qarimaslik uchun nima qilish kerak?

1. Kamroq yeyish va koʻproq harakatlanish kerak.

Koʻpchilikka maʼlum Yaponiya davlati uzoq umr koʻruvchi insonlar bilan dong taratgan. Bu yerda insonlarning oʻrtacha umri 83,91 yoshni tashkil qiladi. Shunga yaqin koʻrsatkichlar Skandinaviya mamlakatlari va Fransiyaga ham tegishli. Bu mamlakatlarning barida ovqatlanish ratsioni oʻziga xos: Yaponiya va Skandinaviyada koʻp miqdorda dengiz mahsulotlari isteʼmol qilinadi, Fransiyada esa ovqatni oz-oz miqdorda va shoshilmasdan yeyishga odatlanishgan. Yaponiyada semiz insonlar soni bor yoʻgʻi 3% ni tashkil etadi. Skandinaviyada 70% aholi sport bilan shugʻullanadi.

Uzoq yashovchilarni soʻrab surishtirishganda, ular yengil ovqatlanishganini, koʻp ishlashganini taʼkidlashadi.

2. Oʻqishni davom ettirish kerak.

Insoniyat tugʻilgandan boshlab dunyoni oʻrganishga kirishadi, oʻzi uchun yangiliklarni ixtiro qiladi. Oʻttiz yoshlarga kelib esa koʻpchilik insonlarda hayot uchun nima kerak boʻlsa, barcha narsani oʻrganib olganday hissiyot tugʻiladi. Mutahassislikka ega boʻlgach, oʻqish-izlanish ikkinchi planga oʻtadi. Shundan boshlab qarish boshlanadi “Inson izlanishdan toʻxtasa — qarish bosqichiga oʻtgan boʻladi” deb yozadi A.A. Zinovyev.

3. Hayotdan zavqlanish kerak.

Karl May 1860 yillarda Kavkaz tomonlarda sayohat qilib, bu yerda uzoq umr koʻruvchilar koʻpchilikni tashkil etishiga eʼtibor qaratgan. Koʻplab tanish-bilish, qarindosh-urugʻchilik, qoʻni-qoʻshnichilik, bir-birini qoʻllab quvvatlash, iliq munosabatlar — bularning bari qoʻrquvni yoʻqotadi hamda yolgʻizlik, tushkunlik, gʻamginlik va depressiv kayfiyatni oldini oladi. Bundan chiqdi eng asosiysi — psixologik komfort va hayotdan zavqlanish hisoblanadi. Eng koʻp chekuvchi mamlakat sanalsada iliq oilaviy munosabatlar italiyaliklarga ham uzoq umr koʻrishga yordam beradi. Bu yerda insonlar oʻrtacha 77 yoshgacha yashaydi. Kubaliklardagi hayotga boʻlgan ishtiyoq, optimizm va hayotdan zavqlanish. Bu mamlakat aholisini ham uzoq umr koʻruvchiar qatoriga qoʻshish mumkin.(76 yosh).

Soʻnggi soʻz oʻrnida, biologik yoshni aniqlash metodikasini ishlab chiqqan professor Lyudmila Belozerova soʻzlarini keltiramiz: “Moddiy farovonlik yoshlikni choʻzish va hayotga boʻlgan munosabatlarda muhim rol oʻynaydi. Sekin qariydigan insonlar odatda koʻp harakatlanishadi, ishtiyoq bilan mehnat qilishadi, toʻgʻri kelgan narsani oz-ozdan yeyishadi, hayotga nisbatan optimistik ruxda boʻlishadi, atrofdagilarga doʻstona munosabatda boʻlishadi”.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Erta qarishning sabablari va choralari