Qatiq sog‘liq uchun nega foydali va qachon zararli bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o'qish353
Qatiq sog‘liq uchun nega foydali va qachon zararli bo‘lishi mumkin

Shifokorlar har kuni 1–2 stakan qatiq ichishni tavsiya etmoqda. Rossiyalik gastroenterolog Yevgeniy Belousovning ta’kidlashicha, qatiq inson organizmi uchun nafaqat mazali ichimlik, balki sog‘lom ichak mikroflorasini saqlab turishda muhim manba hisoblanadi.

Mutaxassisning aytishicha, qatiqning eng katta ahamiyati uning tarkibidagi probiotik bakteriyalar bilan bog‘liq. Ular ichakdagi foydali mikroflorani muvozanatda ushlab, hazm jarayonini yengillashtiradi, organizmning ozuqa moddalarini yaxshi o‘zlashtirishiga va immunitetni kuchaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, qatiq irritabiy ichak sindromi, ich qotishi yoki diareya kabi muammolarga duch keluvchi insonlar uchun ham foydali. Laktozani hazm qilishda qiynaladiganlar uchun esa u yengil variant bo‘lib, sutga nisbatan ancha yaxshi singadi.

“Qatiq tarkibida kalsiy, magniy, fosfor, V guruhi vitaminlari — ayniqsa V12 va riboflavin, hamda K2 vitamini bor. Ularning barchasi asab tizimi faoliyati, suyak mustahkamligi va terining holati uchun juda muhim”, — dedi Belousov.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qatiq antioksidant xususiyatga ham ega bo‘lib, suyaklarni mustahkamlaydi, osteoporozning oldini oladi va vaznni nazorat ostida ushlashga yordam beradi.

Biroq ayrim insonlar uchun qatiq ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilinishi lozim. Masalan:

– laktoza intoleransi yoki sut mahsulotlariga allergiyasi borlar uchun u noxush ta’sir ko‘rsatishi mumkin;

– keksa yoshdagilar yoki immuniteti zaif kishilar uni muntazam ichishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi kerak.

Belousov kuniga 1–2 stakan qatiq ichishni tavsiya etadi. Undan maksimal foyda olish uchun qatiqni hafta davomida bir necha marta ratsionga qo‘shish va muvozanatli taomlanish bilan birga qo‘llash kerak.

Shunday qilib, qatiq — bu oddiy sut mahsuloti emas, balki sog‘lom hayot tarzi uchun tabiiy yordamchi. Ammo har bir narsada bo‘lganidek, miqdor va moslikni unutmaslik zarur.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?